13 avg 11:04
Yangiliklar
Futbol

Messi yana bir ko'rsatkich bo'yicha birinchi o'ringa chiqib oldi
"Barselona" hamda "Sevilya" o'rtasidagi Ispaniya Superkubogi uchun bahs Kataloniya klubining 2:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlangandi.
Ushbu g'alaba ko'k-anorranglilar hujumchisi Lionel Messi uchun o'zgacha ahamiyatga ega. Argentinalik forvard bu bahsda "Barselona"dagi 33-sovrinini qo'lga kiritdi va klub tarixidagi eng ko'p sovrin yutgan futbolchiga aylandi.
Avvalgi eng yaxshi natija Andres Inestaga tegishli edi. Inesta "Barselona" bilan 32ta turnirda g'olib chiqqan.
Havola :
Fikrlar