02 okt 07:01
Yangiliklar
Futbol

Messi yashayotgan mehmonxonaga o'g'ri tushdi
Parijdagi "Le Royal Monceau" besh yulduzli mehmonxonasi o'g'rilar nishoni bo'ldi.
"The Sun" xabariga ko'ra, o'g'rilar bino tomidan balkonga o'tib, ochiq eshikli nomerlarning ichiga kirgan. Natijada to'rt nomerdagi qimmatli buyumlar va pullar o'g'irlab ketilgan.
Qayd etish kerak, ushbu mehmonxonada Leo Messi ham yashamoqda. Yaqin vaqtlar ichida u o'zining yangi uyiga ko'chib o'tadi.
Havola :
Fikrlar