01 apr 07:21
Yangiliklar

Messi zaxiradan maydonga tushib, “Barselona”ni mag'lubiyatdan qutqarib qoldi
Turning markaziy o'yinida 2:2 hisobidagi jangovor durang qayd etildi. "Barselona" 0:2 hisobida mag'lub bo'la turib, yakunda irodali durangga erishdi. Zaxiradan maydonga tushirilgan Lionel Messi 88 va 89-daqiqalarda dublga erishib, jamoasini mag'lubiyatdan qutqarib qoldi.
Sevilya – Barselona 2:2
Gollar: 1:0 – 36 Vaskes, 2:0 – 50 Muriel, 2:1 – 88 Suares, 2:2 – 89 Messi.
Sevilya – Riko, Ker, Eskudero, Merkado (Layyun, 46), Langle, Nzonzi, Banega, Vaskes, Navas (Nolito, 81), Korrea (Pisarro, 72), Muriel.
Barselona – ter Stegen, Umtiti, Pike, Alba, Serdji Roberto, Inesta (Pako Alkaser, 81), Rakitich, Koutino, Paulino (Denis Suares, 77), Dembele (Messi, 58), Suares.
Ogohlantirishlar: Merkado (34), Riko (44).
Fikrlar