22 dek 09:10
Yangiliklar
Tennis

Messini ortda qoldirgan Del Potro Argentinada yil sportchisi bo'ldi
Argentinalik tennischi Xuan Martin del Potro o'z mamlakatining 2016 yildagi eng yaxshi sportchisi deb topildi.
Del Potro o'tkazilgan so'rovnomada kimsan Lionel Messini ortda qoldirishga muvaffaq bo'ldi. Xuan Martin 2011 yilda ham Argentinada yil sportchisi deb topilgandi.
Joriy tennis mavsumida Del Potro Rio Olimpiadasida kumush medalni qo'lga kiritdi. Norasmiy jahon chempionati hisoblangan Devis Kubogida oltin medalga sazovor bo'ldi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar