11 mar 15:35
Yangiliklar
Futbol
"Metallurg" - AGMK bosh hakami Firdavs Norsafarov malum muddatga chetlatildi
Superliganing 1-turidan o'rin olgan "Metallurg" - AGMK uchrashuvida Firdavs Norsafarov bosh hakam bo'lgandi.
Championat.asia sayti malumotiga ko'ra, O'FA hakamlar departamenti Firdavs Norsafarovni malum muddatga chetlatishga qaror qilgan.
Bunga o'sha o'yinnnig 45-daqiqasida sodir bo'lgan vaziyat sabab bo'lgan. "Metallurg" vakili Fozil Musaev burchak to'pi uzatilayotgan paytda o'z jarima maydoni ichida AGMK vakili Xurshid G'iyosovning futbolkasidan tortib maydonga yiqitgandi.
AGMK ushbu o'yindan keyin O'FAga 7ta vaziyat bo'yicha shikoyat bilan murojaat qilgandi. O'FA hakamlar departamenti 6ta vaziyatda hakam to'g'ri qaror qabul qilgan deb topdi. Faqatgina yuqoridagi vaziyatda hakam xato qilgani aniqlandi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar