27 jan 09:50
Yangiliklar
Futbol

"Metallurg" rahbariyati besh futbolchi bilan shartnoma tuzdi
Bekobodning "Metallurg" klubi yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.
Klub kuni kecha besh nafar futbolchi bilan shartnoma tuzdi. Unga ko'ra, Islom Isoqjonov, Dostonbek Tursunov, Doniyor Ismoilov, Sanjar Qodirqulov va Alisher Ziyovuddinov yangi mavsumni "Metallurg" safida boshlashadi.
Bir necha kun jamoa yig'inida ishtirok etgan Navro'zbek Alimovga esa oilaviy sabablarga ko'ra javob berildi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar