So’nggi yangiliklar

14:32Дана Уайт Махачевнинг жангдан воз кечишининг сабабини айтди 0 14:01Суперлига. Бугун 27-турга старт берилади 0 13:30Дакар-2026 Олимпиадасида бугун 3 нафар ўзбекистонлик баҳсларга киришади 0 12:59Уайлдер қайтмоқда. У Фьюри - Жошуа жанги андеркардида рингга чиқади + ПОСТЕР 0 12:28Ҳумоюн Бегмуратов — Жаҳон чемпиони! 0 11:56Sofascore. Ҳусанов яна бир бор ҳимоядаги шериклари орасида энг яхшиси 0 11:25Богдан Гусков: "Уиттакер кўчадан келган болакай эмас!" 0 10:54Полина Кудерметова Chennai Open 1/4 финалига йўл олди 0 10:23Тўрт карра Олимпиада чемпиони Мо Фара "Samarkand Marathon 2026" амбассадори бўлади 0 09:52Бразилияда бир ўйинда қизил карточка кўрсатиш бўйича рекорд ўрнатилди 0 08:45Дана Уайт Махачев билан оғзаки келишиб олгани ҳақида гапирди 0 20:13Усман Нурмагомедовнинг UFC`даги потенциал рақиби маълум 0 19:42Василий Ломаченконинг қачон рингга қайтиши аниқ бўлди 0 19:11Родри жароҳати сабабли "Барселона"нинг "Атлетико"га қарши ўйинини ўтказиб юборади 0 18:30Самбо бўйича Ўзбекистон терма жамоасининг Жаҳон чемпионати учун таркиби маълум 0

13 dek 11:02
Yangiliklar

Dzyudo

Mezbonlar so'nggi kun qo'lga kiritilgan 3 ta oltin evaziga yakunda umumjamoa hisobida birinchi bo'lishdi

Qashqadaryo viloyati markazi Qarshi shahrida dzyudo bo'yicha o'smirlar o'rtasida o'tkazilgan O'zbekiston chempionati yakuniga etdi.

Uch kun davomida "Geolog" sport majmuasida tashkil etilgan mamlakat birinchiligida Qoraqalpog'iston Respublikasi, barcha viloyatlar va Toshkent shahrida kelgan 2008-2009 yillarda tavallud topgan yosh dzyudochilar medallar yo'lida bahs olib borishdi.

Yakunda Qashqadaryo viloyati terma jamoasi medallar jamg'arish bo'yicha umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egallashdi. Musobaqa mezbonlari 5 ta oltin, 2 ta kumush, 5 ta bronza medalini qo'lga kiritishdi. 

So'nggi kungi bellashuvlarda 4 ta vazndan 3 tasida chempionlik shohsupasiga ko'tarilgan qashqadaryoliklar Xorazm viloyati dzyudochilarini quvib o'tishdi. Xorazm viloyati terma jamoasi 4 ta oltin, 5 ta kumush, 9 ta bronza medali bilan ikkinchi o'rinni egalladi. Kuchli uchlikka Toshkent shahri dzyudochilari 2 ta oltin, 4 ta kumush, 4 ta bronza medali bilan yakun yasashdi.   

SHuningdek, Buxoro, Samarqand, Jizzax va Toshkent viloyati terma jamoalari ham kamida bir nafardan O'zbekiston chempioniga ega bo'lishdi. Afsuski, bu safar Farg'ona, Namangan va Navoiy viloyati dzyudochilari musobaqani medalsiz yakunlashdi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing