27 mar 13:53
Yangiliklar
Tennis
Miami Open. Dunyoning beshinchi raketkasida muvaffaqiyatli start
Sayyoramizning beshinchi raketkasi Stefanos Cicipas Mayami "Masters" turniridagi ishtirokini g'alaba bilan boshlab oldi.
Greciyalik tennischi 123 daqiqa davom etgan ikkinchi davra uchrashuvida ATP reytingida amerikalik Jeff Volfni uch set natijasiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi - 6/4, 6/7(5), 6/1.
Stefanos bahs davomida 10 ta, Jeff esa 7 ta eys zarasini ijro etgan. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida Cicipas etakchi - 2:0. Endi u Miami Open 1/16 finalida avstraliyalik Aleks De Minaurga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar