27 mar 08:32
Yangiliklar
Tennis

Miami Open. Kerber ham kurashni davom ettiradi
Xabar berganimizdek, AQSHning Mayami shahrida o'tkazilayotgan xotin-qiz tennischilar o'rtasidagi turnir o'zining qizg'in pallasiga kirib boryapti.
Dunyoning o'ninchi raketkasi hisoblangan Anjelik Kerber nimchorak final uchrashuvida g'alabaga erishdi. Germaniyalik tennis malikasi turnir kashfiyotiga aylangan xitoylik Van Yafanni qiyinchilik bilan mag'lubiyatga uchratdi.
Ikki soatu 51 daqiqa davom etgan bahsda Kerber dunyoning 125-raketkasidan 6:7(1), 7:6(5), 6:3 hisobida ustun keldi. Endi Anjelik chorak finalda amerikalik Sloan Stivensga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Fikrlar