05 apr 08:23
Yangiliklar
Tennis
Miami Open turnirida g'olib aniqlandi
AQSHning Mayami shahrida o'tkazilgan nufuzli ATP turniri yakunlandi.
Hal qiluvchi final uchrashuvida dunyoning 37-raketkasi bo'lib turgan polshalik Xubert Gurkach hamda reytingning 31-pog'onasidan joy olgan italiyalik Yannik Sinner o'zaro to'qnash kelishdi. Bir soatu 43 daqiqa davom etgan bahsda Gurkachning qo'li baland keldi - 7/6(4), 6/4.
Miami Open turniridagi muvafaqiyatli ishtirok Gurkachga 300,110 dollar mukofot puli hamda 1000 reyting ochkosini taqdim etdi. Sinner esa $165,000 va 600 ochko ishlab oldi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar