13 avg 17:13
Yangiliklar
Futbol

“Milan” 19 yoshli urugvaylik futbolchini safiga qo'shib olishga yaqin
Italiyaning “Milan” klubi urugvaylik 19 yoshli yarim himoyachi Rodrigo Bentankurni o'z safiga qo'shib olishga yaqin turibdi.
Italiya matbuotidagi xabarlarga qaraganda, yaqin soatlarda “Boka Xuniors” klubi futbolchisi “Milan” bilan shartnoma imzolaydi. “Rossonerilar” Argentina klubi rahbarlari bilan Rodrigoning transferi bo'yicha kelishib olishgan.
Kelishuvga ko'ra, Italiya klubi Bentakur uchun “Boka Xuniors” jamoasiga 10 mln evro to'laydi. Agar futbolchi yangi jamoasi o'yiniga qo'shilib keta olsa, bonus sifatida yana 2 mln evro o'tkazib beriladi. Bentankur “Milan” bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi va yiliga 1,5 mln evro maosh oladi.
Havola :
Fikrlar