13 mar 11:33
Yangiliklar
Futbol
"Milan" himoyachisi bilan shartnomani 2026 yilga qadar uzaytirmoqchi
Italiyaning "Milan" klubi himoyachisi Per Kalyulyu klub bilan shartnomasini uzaytirishi mumkin.
Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, klub rahbariyati 21 yoshli francuzning rivojlanishidan qoniqish hosil qilmoqda va u bilan 2026 yilga qadar shartnomani uzaytirishga tayyor.
Himoyachi "Empoli" (1:0)ga qarshi A Seriya doirasidagi o'yindagi goli bilan jamoasiga g'alaba taqdim etdi.
Kalyulyu joriy mavsum 27ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 2ta assist qayd etdi. Amaldagi shartnoma 2025 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Havola :
Fikrlar