19 avg 10:30
Yangiliklar
Futbol

“Milan” va “Yuventus” o'zaro futbolchi almashishi mumkin
Italiyaning ikki grand klubi “Milan” va “Yuventus” o'zaro futbolchi almashishlari mumkin.
“Yuventus” klubi rahbariyati “Milan” himoyachisi De SHiloning xizmatlariga qiziqib qolgandi. Turinliklar De SHiloni sotib olish huquqi bilan ijaraga olishni rejalashtirishgan.
“Keksa Sinoralar” “Milan”ga SHiloning ijarasi uchun 5 million evro va sotib olishni istasa, unda keyin yana 15 million evro qo'shishni taklif qilishgandi. Ammo “rossonerilar” ushbu taklifga rad javobini berishdi.
“Milan” endilikda “Yuventus” hujumchisi Simone Dzadzani sotib olishni istamoqda. Turin klubi esa hujumchini 25 million evrodan kamiga sotmoqchi emas. Agar tomonlar kelisha olishsa, De SHilo hamda Simone Dzadza o'z klublarini almashtirishadi.
Havola :
Fikrlar