07 avg 15:40
Yangiliklar
Boshqalar
Milliy olimpiya qo'mitasi boshqaruv apparatida o'zgarish
O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mita o'z oldiga qo'ygan maqsad va vazifalarni bekami ko'st amalga oshirish maqsadida boshqaruv apparatida bir qator o'zgarishlar qildi.
Jumladan, Olimpiya sport turlari faoliyatini koordinaciya qilish departamenti direktori vazifasida ishlab kelgan Alisher Yulbarsovich Karimov Qo'mita prezidentining 4 avgust sanasidagi 92-sonli buyrug'iga asosan MOQ prezidentining Sport sohasini tijoratlashtirish va investiciya masalalari bo'yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.
Olimpiya sport turlari faoliyatini koordinaciya qilish departamenti direktorligi esa vaqtinchalik Qo'mita prezidenti maslahatchisi Xudoyqulov Nazirjon Mukaramovich zimmasiga yuklatildi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar