So’nggi yangiliklar

16:43Муҳаммад Наимов UFC ростеридан чиқарилди 0 16:05Роналду “Ал Насср”нинг “Нефтчи” устидан қозонган ғалабаси ҳақида: “Ўсишда давом этамиз” 0 15:29IBF рейтингидан тўрт нафар ўзбекистонлик боксчи ўрин олди 0 14:45Баҳодир Жалоловнинг Лондондаги жанги жонли эфирда кўрсатиладими? 0 14:19Ислам Махачевнинг кейинги рақиби ва жанг санаси ҳақида маълумотлар тарқалди 0 13:44Sofascore. Кечаги учрашувда "Пахтакор" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 13:13Евлоев Волкановскини "стойка"да синаб кўрмоқчи 0 12:42Зверев мавсумни расман дунёнинг биринчи ракеткаси мақомида якунлайди 0 12:11Пётр Ян ўта енгил вазндаги жангига 12 кун қолгандаги спорт формасини кўрсатди (ФОТО) 0 11:40Брендан Рожерс: "Спортда битта жамоа фаворит бўлиши мумкин, лекин бу ҳар доим ҳам натижани кафолатламайди" 0 11:09WTA рейтинги янгиланди. Етти теннис маликамиздан олти нафари кўтарилди 0 10:38UFC собиқ чемпиони Пенья RAF лигасида дебют қилади + ПОСТЕР 0 10:07Майкл Пейж: "Мен ўзимдан кишанларни ечиб ташладим" 0 09:36Ислом Исмоилов кечаги учрашувдан сўнг нималар деди? 0 09:05Брендан Аллен ўзи учун мантиқий бўлган ягона жангни айтди 0

15 dek 17:31
Yangiliklar

Engil atletika

Milliy olimpiya qo'mitasi tomonidan tashkil qilingan selekciya ishlari o'zining qizg'in pallasida

Avvalroq Milliy olimpiya qo'mitasi engil atletika bo'yicha Respublika bo'ylab keng miqyosdagi selekciya ishlarini boshlagani haqida xabar qilgandik.

Ko'rik-tanlov sifatida o'tkazilayotgan selekciyaning dastlabkisiga 25 noyabr kuni Andijon viloyatida start berilgandi. SHu kungacha mamlakatimizning 11 ta viloyati va Qoraqalpog'iston Respublikasida selekciya ishlari olib borildi.

Viloyatlarda, chekka-chekka hududlarda istiqomat qiluvchi yosh yigit-qizlar o'zlarini yadro uloqtirish, uzunlikka sakrash, balandlikka sakrash va 60 metrga yugurish kabi yo'nalishlarda sinab ko'rishdi. Iqtidorli sportchilar murabbiylar tomonidan saralab olindi. Endilikda tanlab olingan sportchilar bilan murabbiylar texnik-taktik yo'nalishda ish olib borishadi va musobaqalarga tayyorlashadi.

Asosiy maqsad – terma jamoamizga yangi nomlarni etishtirib berish va kelajakda ularni xalqaro musobaqalarda, Olimpiya o'yinlarida ishtirok etib, yurtimiz bayrog'ini ko'klarga ko'tarishini taminlashdir.

Endilikda yana ikki hudud – Toshkent viloyati (16 dekabr) va Toshkent shahri (17 dekabr)da istiqomat qiluvchi yoshlarimiz uchun selekcion musobaqa tashkil qilinadi. Har ikki ko'rik-tanlov ham CHirchiq shahridagi O'zbek davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida o'tkaziladi. O'zingizni sinab ko'rish uchun juda yaxshi imkoniyat. Fursatni boy bermang!

Reyting: -1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing