So’nggi yangiliklar

19:41"Бундай ҳолатлар бизнесга фойда келтирмайди". Дана Уайт Нурмагомедовнинг Двалишвилига ҳужуми ҳақида гапирди 0 18:53"Ман Сити"га нисбатан санкциялар тўғрисидаги қарор қачон эълон қилиниши маълум бўлди 0 18:00Двалишвили: "Мен Доғистонни яхши кўраман, хеч кимга нисбатан айблов қўйилишини истамайман" 0 17:05UFC 334 турнири иштирокчиларнинг тўлиқ карди ва жангчилар рўйхати 0 16:16"Хабибнинг жамоаси қаерга бормасин, жанжаллар келиб чиқади". Уайт Нурмагомедовнинг ҳужуми ҳақида гапирди 0 15:31Салоҳ Миср терма жамоаси тарихидаги энг яхши тўпурарга айланди 0 14:42Двалишвили ҳибсдан озод этилганидан кейин илк бор муносабат билдирди 0 14:15Ўқ отиш спорти: Ўзбекистонлик спортчи илк бор Жаҳон чемпионатида трап дастурининг финалида қатнашди 0 13:37Усман Нурмагомедов Абу-Дабидаги қамоқхонада қандай шароитда сақланиши айтилди 0 12:53Дмитрий Бивол ўз юртидаги ва хориждаги баҳслар нимаси билан фарқ қилишини айтди 0 12:00Остон Ўруновни Эроннинг бошқа клуби сотиб олмоқчи 0 11:08"Усман UFC'га керак. У ерда бундай йигитларни яхши кўришади". Царукян Нурмагомедовнинг жанжалдан кейинги келажаги ҳақида гапирди 0 10:17Саккизта медалга эга Ўзбекистон делегацияси IV Ёшлар ёзги Олимпия ўйинларида нечанчи ўринни эгаллади? 0 09:46Россия бокс терма жамоасига виза беришмади 0 09:15Миллатлар лигаси. Нидерландиядан 7 та гол, Германиядан ишончли ғалаба 0

23 dek 16:25
Yangiliklar

Boshqalar, Tadbirlar

Milliy sport mukofoti: Hasanboy Do'smatov va Diyora Keldiyorova o'zbek sportida yilning eng yaxshilari bo'ldi (barcha g'oliblar ro'yxati)

Poytaxtimizdagi Olimpiya va Paralimpiya shon-shuhrati muzeyida 2024 yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

Unda bir necha yo'nalishlarda yilning eng yaxshilari nomi elon qilindi. Unga ko'ra, ikki karra Olimpiada chempioni, bokschimiz Hasanboy Do'smatov eng yaxshi erkak sportchi, dzyudo bo'yicha Olimpiada chempioni Diyora Keldiyorova esa eng yaxshi ayol sportchi sifatida etirof etildi. Futbol bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi azosi Abduqodir Husanov esa yilning eng yaxshi yosh sportchisi bo'ldi.

Barcha g'oliblar ro'yxati bilan tanishing: 

Yilning eng yaxshi yosh sportchisi: Abduqodir Husanov (futbol)

Yilning eng yaxshi yosh paralimpiyachisi: Asadbek Toshtemirov (para taekvondo)

Noolimpiya sport turlarida yilning eng yaxshi terma jamoasi: SHaxmat bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi

Noparalimpiya sport turlarida yilning eng yaxshi terma jamoasi: Para shaxmat bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi

Sport targ'iboti yo'lidagi uzoq yillik xizmatlari uchun: Lola Abduyusupova (“Sport” telekanali rejissyori)

Yilning eng faol sport targ'ibotchisi: Nodir To'ychiev

Yilning eng yaxshi sport fotomuxbiri: Almurat Mamadaminov (O'zA)

Yilning eng yaxshi sport jurnalisti: Marina Yakubova (“Sport” telekanali muxbiri)

Yilning eng yaxshi sport shifokori: Diana Sattarova (Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi)

Yilning eng yaxshi hakami: Zuhra Abdullaeva (og'ir atletika)

Yuksalayotgan federaciya: O'zbekiston kamondan otish federaciyasi

Yilning eng yaxshi sport tadbiri tashkilotchisi: O'zbekiston futbol associaciyasi

Yilning eng yaxshi sport federaciyasi: O'zbekiston taekvondo WT associaciyasi

Yilning eng yaxshi para terma jamoasi: Para engil atletika bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi

Yilning eng yaxshi terma jamoasi: Boks bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi

Yilning eng yaxshi para sport murabbiyi: Yahyo Yakubov

Muxlislar mehrini qozongan sportchi: Sitora Turdibekova (boks)

Muxlislar mehrini qozongan para sportchi: Ro'za Qo'zieva (para pauerlifting)

Yilning eng yaxshi ayol paralimpiyachisi: Nurxon Qurbonova (para engil atletika)

Yilning eng yaxshi ayol sportchisi: Diyora Keldiyorova (dzyudo)

Yil kashfiyoti: Razambek Jamalov (erkin kurash)

Yilning eng yaxshi erkak paralimpiyachisi: Husniddin Norbekov (para engil atletika)

Yilning eng yaxshi erkak sportchisi: Hasanboy Do'smatov (boks)

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing