So’nggi yangiliklar

19:55Дастин Порье Рамазон Темировни мақтаб, унга рақиб таклиф қилди 0 18:21Ўзбекистоннинг Осиё ўйинларидаги 70 та медали учун жами қанча мукофот пули тўланади? 0 17:15Фабио Каннаваро: "Терма жамоада соғлом рақобат бўлиши керак" 0 16:39Теннисчи Александра Бармичева J200 Истанбул турнирида чемпион бўлди 0 15:57UFC 335 турнирининг марказий жанги BMF камари учун бўлиб ўтади (ПОСТЕР) 0 15:16Президент Шавкат Мирзиёев Осиё ўйинларида ғолиб ва совриндор бўлган спортчиларни табриклади 0 13:01Brisbane-2032 Олимпиадасининг какаду қушидан илҳомланган логотипи расман тақдим этилди (ФОТО) 0 12:02Осиё ўйинлари: Хитой матбуоти ўйиндан сўнг Ўзбекистон терма жамоаси ходими Чжан Юнингни бўғиб олганини таъкидламоқда 0 11:07Алекс Перейранинг кейинги рақиби эълон қилинди (ПОСТЕР) 0 10:00Осиё ўйинларида бешинчи бўлган Ўзбекистон делегацияси Тошкентда кутиб олинди (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 10:23Осиё ўйинлари-2026. Якуний медаллар рейтинги маълум бўлди (ТОП-20) 0 09:58Самбо. Жаҳон чемпионатининг иккинчи кунида 5 та медаль! 0 09:05Ўзбекистон миллий терма жамоаси Жанубий Кореяга етиб борди 0 17:43Осиё ўйинларининг ўн тўртинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 17:15Энтони Жошуа Фьюридан кейин ким билан жанг қилмоқчи эканлигини айтди 0

29 sen 12:40
Yangiliklar

Futbol

Milliy terma jamoa Toshkentda yig'in boshladi

Samvel Babayan bosh murabbiyligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentda Eron hamda Xitoy terma jamoalariga qarshi rasmiy o'yinlar oldidan o'zining navbatdagi yig'inini boshladi.

Eslatib o'tamiz, 6 hamda 11 oktyabr kunlari JCH-2018 3-saralash bosqichida navbatdagi tur o'yinlari bo'lib o'tadi. O'zbekiston milliy terma jamosi dastlab, 6 oktyabr kuni Toshkentda Eron milliy terma jamoasini qabul qilsa, 11 oktyabr kuni Toshkentda Xitoy terma jamoasi mehmon bo'ladi.

O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan bugun boshlangan yig'inga jami 25 nafar futbolchini jalb etgan. Bu safargi tarkibdan avvalgi o'yinlarda terma jamoaga chaqirilmagan "Paxtakor" yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipov ham o'rin olgan. Milliy terma jamoa bosh murabbiyi Eron va Xitoyga qarshi o'yinlar uchun yakuniy tarkibni Toshkent yig'ini yakunida elon qiladi.

O'zbekiston milliy terma jamoasining Toshkentdagi yig'iniga chaqirilgan futbolchilar ro'yxati:

Darvozabonlar: Aleksandr Lobanov (“Paxtakor”), Ignatiy Nesterov (“Lokomotiv”), Eldor Suyunov (“Nasaf”).

Himoyachilar: Islom To'xtaxo'jaev (“Lokomotiv”), Egor Krimec (“Beyjing Guoan”, Xitoy), Vitaliy Denisov (“Lokomotiv”, Rossiya), Davron Xoshimov (“Paxtakor”), Azim Ahmedov (“Paxtakor”), Anzur Ismoilov (“CHangchun Yatay”, Xitoy), Stanislav Andreev (“Paxtakor”).

Yarim himoyachilar: Odil Ahmedov (“Krasnodar”, Rossiya), Otabek SHukurov (“Bunyodkor”), Aziz Haydarov (“Ash SHabob”, BAA), Server Jeparov (“Lokomotiv”), Marat Bikmaev (“Lokomotiv”), Javohir Sohibov (“Paxtakor”), Doston Hamdamov (“Bunyodkor”), Jamshid Iskanderov (“Paxtakor”), Salamat Qutiboev (“Buxoro”), Sardor Rashidov (“Al Jaish”, Qatar), Jaloliddin Masharipov (“Paxtakor”), Jasur Hasanov (“Qizilqum”).

Hujumchilar: Igor Sergeev (“Beyjing Guoan”, Xitoy), Aleksandr Geynrix (“Ordabasi”, Qozog'iston).


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing