28 iyu 13:25
Yangiliklar
![](/upload/storage/1966_220.jpg)
Milliy terma jamoamiz navbatdagi yig'inni 20 avgust kuni boshlaydi
Yig'in doirasida milliy terma jamoa 24 avgust kuni Yaman termasiga qarshi Toshkentda o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi. SHundan so'ng, JCH–2018 turnirining uchinchi saralash bosqichiga kirishiladi. Saralashning uchinchi bosqich o'yinlari davom etayotgan paytda, 11 noyabr kuni Iordaniya bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazish borasida kelishuvga erishilgan.
Eslatib o'tamiz, JCH–2018 turnirining uchinchi saralash bosqichida O'zbekiston milliy terma jamoasi “A” guruhidan joy olgan bo'lib, Eron, Janubiy Koreya, Qatar, Suriya va Xitoy terma jamoalariga qarshi bahs yuritadi. Milliy termaning uchinchi saralash bosqichidagi birinchi o'yini 1 sentyabr kuni Toshkentda, Suriya terma jamoasiga qarshi o'tkaziladi.
Fikrlar