So’nggi yangiliklar

08:00Осиё ўйинларида иштирок этаётган барча ўзбекистонлик спортчиларнинг натижалари битта саҳифада (LIVE) 0 21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0 21:00Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон Сурияни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:45Осиё ўйинларининг ўн иккинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 19:08Эртага Осиё ўйинларида боксчиларимизни учта финал кутмоқда (бошланиш вақтлари) 0 18:52Леау Роналдуга тегишли бўлган 7-рақам остида қайдномага киритилди 0 17:00Сауль Альварес октябрь ойида WBC чемпионлик камари учун жанг қилади 0 15:48"Яна офисдаман". Илия Топурия машғулотларни қайта бошлаганини маълум қилди 0 15:01Осиё ўйинларининг 12-кунини иккита кумуш медаль билан якунладик 0 13:27Буюк Британия спорт вазири "Манчестер Сити" учун энг ёмон оқибатларни истисно этмаяпти 0 12:39Махачев: "Яхши жангчи бўлиш учун сочни калта олдириш керак" 0 11:11Теренс Кроуфорд боксга қайтиш-қайтмаслиги ҳақидаги саволга қатъий жавоб берди 0 10:00Агар Дана Уайт аралашса, Жошуа Фьюри билан жангдан воз кечиши мумкинлигини айтди 0 08:54Бугун Ўзбекистон МТЖ Сурияга қарши майдонга тушади 0 20:00Осиё ўйинларининг ўн биринчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0

28 noy 09:56
Yangiliklar

Futbol

Milliy terma jamoamiz shifokori Ektor Kuperni "aybladi"

O'zbekiston milliy terma jamoasi hamda Toshkentning "Lokomotiv" klubi bosh shifokori Abror Pirriev o'zining telegram kanalida qiziq xabar qoldirdi.

CHor atrof qorga burkangan bugungi ajib saharda nonushta qilaturib, televizorda rusiyzabon “Xayrli tong” teledasturini tomosha qilayotgandim. Ko'rsatuvning ispanlar hayotiga bag'ishlangan parchasi diqqatimni tortdi. Emishki, “Ispanlar bemalolxo'ja xalq bo'lgani uchun ham kechki ovqatni shoshmasdan juda kech tanovul qilib, anchagacha uxlashmas, so'ngra ertalab kech uyg'onib, ishga bir-ikki soat kechikib ham boraverishar ekan. Bu ularda normal holat ekan”.

Beixtiyor terma jamoamizga ustozlik qilgan Ektor Kuper yodimga tushdi. Ajdodlari ispanlar bo'lgan Argentinada tug'ilib, anchadan buyon Ispaniyada yashayotgan “mister”ni (jamoada Kuperni barcha shunday chaqirardi) eslaganimning boisi bor. Murabbiylik faoliyati tahlilini mutaxassislarga qoldirib, uning o'z ishini professionali ekanligini etirof etgan holda, shifokor sifatida menga “mister”ning bir jihati hech yoqmasdi. To'g'rirog'i, u tuzadigan kun tartibi, yanada aniqroq aytsam kechki emak – ujinni juda kech belgilashi. Jamoa “ujin” uchun restoranga 22:00 dan barvaqt kirmasdi, 22-30; 23:00 va h., hatto bir marta tungi 01:00 da ham ovqatlanganmiz. SHifokor sifatida bu hol to'g'ri emasligi haqida bosh murabbiyga o'z fikrimni bir necha bor aytganman, biroq doimo shifokor maslahatiga quloq tutuvchi va mening ishimga umuman aralashmaydigan Kuper aynan shu masalada o'z fikridan qaytmadi (Bu “milliy odat” bosh murabbiyning qon-qongiga singib ketgan ekan-da). SHundan so'ng jamoa sardori Odil Ahmedovni yordamga chaqirdim. Odil bilan suhbatdan so'ng sardor hurmati yuzasidan kechki taomni o'sha kuni 21:30 da edik. Xursand bo'ldim, har qalay “mister” fikrini o'zgartirdi deb, ammo keyingi kun ertalab qarasam, kun tartibidagi ujin yana o'z joyiga – 22:30 ga qaytgandi...

 Ko'rsatuv allaqachon tugagan bo'lsa ham oynai jahonga tikilib “mister”ni, kun bo'yi uning murabbiylar shtabi bilan shovqin solib allanimalarni muhokama qilishdan charchamasligini esladim. Deyarli nonushta qilmaydigan sobiq bosh murabbiy hozirda “ujin”ga nima eyayotgan ekan-a?

@abrorpirmuhammad

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing