07 dek 09:15
Yangiliklar

Milliy terma jamoamiz yanvarda Gruziya bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazadi
Mazkur uchrashuv 2017 yilning 23 yanvar kuni bo'lib o'tadi. Bo'lajak o'yin O'zbekiston terma jamoasi uchun JCH–2018 turniriga uchinchi saralash bosqichi ikkinchi davrasiga tayyorgarlik vazifasini o'tab beradi.
Avvalroq O'zbekiston milliy terma jamoasi 12 fevral kuni Turkiyaning Antaliya shahrida Armaniston terma jamoasi bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishi haqida xabar berilgandi.
Qayd etish kerakki, Gruziya terma jamoasi Evropa qitasidan JCH–2018 saralash bosqichi “D” guruhidan o'rin olgan bo'lib, 2 ochko bilan 6 ta jamoa orasida 5-o'rinda bormoqda.
Samvel Babayan murabbiyligi ostidagi terma jamoa JCH–2018 uchinchi saralash bosqichi o'yinlarini 2017 yilning 23 mart kuni Suriyaga qarshi safardagi o'yin bilan davom ettiradi.
Malumot uchun, O'zbekiston terma jamoasi JCH–2018 turniriga uchinchi saralash bosqichi “A” guruhi 5-turidan so'ng 9 ochko bilan uchinchi o'rinda bormoqda. Guruh peshqadami Eronda 11, ikkinchi o'rinda borayotgan Janubiy Koreyada 10 ochko mavjud.
Fikrlar