So’nggi yangiliklar

22:43"Номзодлар турнири". Синдаров тарихий натижага яқинлашяпти 0 18:23"Кейинги сафар ўзим каби бўламан". Двалишвили Янга қарши реваншдаги хатосини айтди 0 18:02Диллиан Уайт Фьюри — Махмудов жангига тахмин берди 0 17:41"Бавария”, "Ливерпуль” ва "Арсенал" Гордон учун даъвогарлик қилмоқда 0 17:20Тимофеева Руандаги иштирокини ғалаба билан бошлади 0 16:59Илия Топурия: "Махачев билан жанг барибир бўлади. Бунга умид қиламан" 0 16:38Дана Уайт: "Биз бу жангда хавфсизлик чораларини кучайтиримиз — беҳазил" 0 16:17“Монако” "Барселона"дан Фатини харид қилмоқчи 0 15:56Полина Кудерметова финал остонасида уч сетлик учрашув ўтказди 0 15:35Тайсон Фьюри: "Отам олти йил олдин мен фаолиятимни тугатишимни истаган" 0 15:14Илия Топурия нега ижтимоий тармоқларда ММА рекордини ўзгартириб кўрсатишини тушунтирди 0 14:53Мексика президенти Эрон ўйинларининг кўчирилиши бўйича ФИФАнинг якуний қарори ҳақида гапирди 0 14:32Осиё чемпионати финалида боксчимизни мағлуб этган Нурбек Оралбай ўз фикрини билдирди 0 14:11Царукян Оливейра билан реванш ўтказмоқчи: "Унга BMF камари тўғри келмайди" 0 13:50Тайсон Фьюри: "Агар шундай бўлса, жамоамдагиларга мени "отиб ташланглар" дедим" 0

08 okt 18:16
Yangiliklar

Ming nafar yoshlarning eng kuchlilari aniqlandi

Poytaxtimizdagi “O'zbekiston” sport majmuasida O'zbek jang sanati bo'yicha O'zbekiston kubogi musobaqasi o'z g'oliblarini aniqladi.

Mamlakatimizning barcha viloyatlaridan va Qoraqalpog'iston Respublikasidan 1000 nafarga yaqin sportchilar ishtirk etgan mazkur kubok musobaqalari yoshlar, o'smirlar va kattalar o'rtasida yakkalik mashqlar, bellashuv, Temuriylar jang usuli va jamoaviy yo'nalishlarda bo'lib o'tdi.

- Bu galgi musobaqalarning jamoaviy ko'rgazmali mashqlarining qonun-qoidasiga biroz o'zgartirish kiritdik. Bilasiz, taekvondo, karate, u-shu jang sanatlarida koreyc, yapon, xitoy xalqlarining tarixi, madaniyati, ananalari usullar orqali namoyish qilinadi. Biz ham shu manoda har bir jamoa millatimizning tarixiy qahramonlari obrazini O'zbek jang sanati usullari orqali namoyish etishi lozimligini belgiladik. Ochig'i, 14 hududning murabbiylari va sportchilari tomonidan ishlab chiqilib, ijro etilgan usullar barchaga birdek manzur bo'ldi. Asosiysi, milliy qadriyatlarimiz yoshlar o'rtasida yanada ommalashdi. O'zbek jang sanatining yangi-yangi ko'rgazmali mashqlar jamlanmasi yaratildi. Bu esa xalqimizning boy ananalari targ'ibotiga xizmat qiladi, albatta. SHu o'rinda aytish lozimki, ushbu kubok bahslarida saralangan terma jamoa joriy yilning noyabr oyida Italiyada yakkakurash sport turlari bo'yicha o'tadigan Jahon kubogida Vatanimiz sharafini himoya qiladi, – deydi Respublika O'zbek jang sanati federaciyasining Toshkent shahar bo'limi ijrochi direktori Bahodir Nazarov.

O'zbekiston kubogida umum jamoalar natijasiga ko'ra, poytaxtlik sportchilar 1-o'rin, Toshkent viloyati vakillari 2-o'rin, Andijon jamoasi esa faxrli 3-o'rinni egalladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing