So’nggi yangiliklar

18:10Майкл Моралес: "Махачевдаги камарни Эквадорга олиб кетаман" 0 17:39"Реал Мадрид" етакчиси билан янги шартнома имзолади 0 17:08"Хабиб фаолиятини якунлаётганида унга қўлимдан келган барча нарсани таклиф қилганман" - Дана Уайт 0 16:37Дана Уайт ташкил этмоқчи бўлган жангларни санаб берди 0 16:04Спорт курашлари бўйича Ўзбекистон чемпионати якунланди 0 15:33Афсонавий Роналдиньо профессионал футболга қайтиши сабабини ошкор қилди 0 15:02ММА жамоатчилигининг Харрисон - Нуньес жангига муносабати: "Тарихдаги энг ёмон режа" 0 14:31UFC 334 турнирининг бонус соҳиблари эълон қилинди 0 14:00Мераб Двалишвили "ишкалдаги дўсти" Саба Лазишвилига UFC томонидан шартнома таклиф этилганини айтди 0 13:29Банклар "Манчестер Сити"ни молиялаштиришдан бош тортмоқда 0 12:58Арман Царукян PFL ва Bellator жангчисига қарши баҳс олиб борди 0 12:27Zagreb Grand Prix 2026. Бугун Давлат Бобоновга мухлислик қиламиз! 0 11:56Чемпионлар камарини муваффақиятли ҳимоя қилган UFC 334 турнирининг барча натижалари 0 11:25Жезуш Португалиянинг Даниядан йирик ҳисобда мағлуб бўлиши сабабларини айтди 0 10:54AND STILLLL! UFC 334 турнирининг марказий жангида Ган ўз камарини сақлаб қолди 0

24 avg 17:23
Yangiliklar

Kurash, Stol tennisi

Mingbuloqda belbog'li kurash bo'yicha O'zbekiston chempionati o'tkazildi + FOTO

21-24 avgust kunlari Namangan viloyati Mingbuloq tumanidagi bolalar-o'smirlar sport maktabida belbog'li kurash bo'yicha erkaklar va ayollar o'rtasida O'zbekiston chempionati bellashuvlari bo'lib o'tdi.

O'zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi hamda O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasining yillik-taqvim rejasidagi mazkur mamlakat chempionati bahslarida Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardan 400 nafarga yaqin polvonlar ishtirok etishdi.

Yuqori saviyada tashkil etilgan ushbu chempionatda erkaklar belbog'li kurashning erkin va klassik yo'nalishlarida 8 tadan vazn toifasida, xotin-qizlar esa erkin yo'nalishda 5 ta vazn toifasida g'oliblik uchun kurash tushishdi. Qo'ydagi sportchilar esa o'z vazn toifalarida mamlakat chempionligini qo'lga kiritishdi. 

Erkaklar (belbog'li yo'nalish)

57 kg. Nodirbek Abdumalikov (Farg'ona). 62 kg. SHoxruh Zokirov (Toshkent v.). 68 kg. Oybek Sultonov (Andijon). 75 kg. Nusratbek Sultonboev (Andijon). 82 kg. Husniddin Ro'ziev (Andijon). 90 kg. SHoxjahon Ortiqov (Toshkent v.). 100 kg. Nodirbek Ahatjonov (Toshkent sh.). +100 kg. Baxtiyor Jumaboev (Sirdaryo).

Ayollar (belbog'li kurashning erkin yo'nalishi)

52 kg. Fotima Tursunboeva (Namangan). 58 kg. Biybigaoxar Polatbaeva (Toshkent v.). 66 kg. Ullijon Davletova (Xorazm). 76 kg. Felura Ergasheva (Qashqadaryo). +76 kg. Raxima Yo'ldosheva (Xorazm).

Erkaklar (erkin yo'nalish)

57 kg. Husanboy Nosirov (Andijon). 62 kg. Jahongir Hayitov (Namangan). 68 kg.Anvarjon Qutbiddinov (Namangan). 75kg. Xolmirza Hasanboev (Toshkent v.). 82 kg. Og'abek Amatboev (O'zDJTSU). 90 kg. Oybek Muhammedov (Farg'ona). 100 kg. Obidali Mavlonov (Farg'ona). +100 kg. Islom Nosirov (Sirdaryo).

G'olib va sovrindorlar diplom, medal va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi. SHu o'rinda takidlash lozim, ushbu musobaqada g'oliblikni qo'lga kiritgan sportchilar sentyabr oyida belbog'li kurash bo'yicha Namangan shahrida bo'lib o'tadigan  jahon chempionatida ishtirok etish yo'llanmasiga ega bo'lishdi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing