So’nggi yangiliklar

11:47Арман Царукян иштирокидаги баҳс бир дақиқадан камроқ давом этди 0 11:16Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Алавес"га мағлуб бўлди 0 10:45Бокс. Бугун Жаҳон кубогида 7 нафар боксчимиз жанг қилади 0 09:34Нодирбек Абдусатторов ғалаба эвазига Лондон турнири пешқадамига айланди 0 08:03Фомин Hersonissos Challenger турнирида чемпион бўлди 0 07:32"Манчестер Юнайтед" ўз майдонида шармандали ҳисобда мағлуб бўлди 0 07:01Майкл Моралес: "Ислам Махачевдан ҳеч қандай таҳдид кўрмаяпман" 0 21:58Зокиров билан жанг қиладиган Мокаев: "UFC октагони ташқарисида ўн баробар кўпроқ пул ишлаяпман" 0 20:29Тошкентда шахмат бўйича "Ўзбекистон президенти кубоги" халқаро турнири старт олди (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 19:51Суперлига. "Нефтчи" - Ўзбекистон чемпиони! 0 19:00Бокс. Тошкентда Жаҳон кубоги бошланди (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 17:52Махачевнинг жамоаси Исламни UFC камаридан маҳрум қилиш талабига жавоб берди 0 17:30Жаҳон кубоги: Абдураҳмон Маҳмуджонов мағлуб бўлди 0 17:21ПСЖнинг Винисиус трансфери бўйича позицияси маълум бўлди 0 16:50Бивол Александр Усик билан жанг қилиш эҳтимолини баҳолади 0

29 iyu 13:28
Yangiliklar

Tadbirlar

Mintaqalarda jismoniy tarbiya va sport rivojiga etibor har qachongidan yuqori

Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida Jismoniy tarbiya va sportga masul vazir hamda yuqori mansabdor shaxslarning ettinchi xalqaro anjumani (MINEPS VII) davom etmoqda.

Ushbu tadbirda O'zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vaziri Adham Ikramov hamda O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov ham ishtirok etyapti. 

Mutasaddilarimiz safar davomida bir qator mamlakatlarning vakillari bilan uchrashib, o'zaro hamkorlik aloqalarining yangi bosqichi xususida fikr almashishmoqda.

Dastavval, A.Ikramov va O.Kasimov MINEPS VII tadbirining anjumanida qatnashishdi. Unda ishtirokchi davlat vakillari mavjud muammo va kamchiliklar, qolaversa, sohani yanada rivojlantirish bo'yicha o'z taklif va mulohazalarini bildirdilar.

Kun davomida Rossiya Federaciyasi Sport vaziri Oleg Maticin, Belarus Turizm va sport vaziri Sergey Kovalchuk hamda Turkiya Yoshlar va sport ishlari vaziri Osman Ashkin Bak bilan rasmiy uchrashuvlar tashkil etildi. 

Samimiy ruhda o'tgan suhbatlarda mintaqalarda jismoniy tarbiya va sport, Olimpiya harakatini aholi orasida yanada ommalashtirish, turli xalqaro musobaqalar o'tkazish kabi masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing