So’nggi yangiliklar

21:18Ал аш-Шайх “Канело” Ар-Риёдда жанг қилишга тайёрлигини маълум қилди 0 20:41Хорхе Масвидаль UFC’га қайтиш бўйича музокара олиб бормоқда 0 19:59Расман. Дмитрий Биволнинг навбатдаги жанги тасдиқланди (ПОСТЕР) 0 18:26ЕЧЛнинг олти карра ғолиби Тошкентга келмади 0 17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0

12 apr 07:04
Yangiliklar

Boks/MMA

Mir Boksa: "Ahmadaliev zarbalar aniqligi bo'yicha Tapalesdan ustun bo'lgan"

Rossiyaning "Mir Boksa" kompaniyasi Murodjon Ahmadalievning mag'lubiyatiga munosabat bildirdi.

Ikkinchi engil vazn toifasida sobiq WBA va IBF chempioni Murodjon Ahmadaliev yakshanba tongida filippinlik Marlon Tapalesga qarshi jang o'tkazib, hakamlar qarori bilan mag'lub bo'lgan edi.

"Mir Boksa" promouterlik kompaniyasi Murodjonning mag'lubiyatiga munosabat bildirar ekan, Ahmadaliev jangda zarbalar aniqligi bo'yicha etakchilik qilganini etirof etdi.

"CompuBox statistikasiga ko'ra, Ahmadaliev 9 aprel kuni bo'lib o'tgan WBA va IBF yo'nalishlari bo'yicha ikkinchi engil vazn toifasidagi chempionlik jangida aniq zarbalar soni va hujum samaradorligi bo'yicha raqibi Tapalesni ortda qoldirgan. Ammo ushbu bahs Marlonning 115:113 hisoblaridagi g'alabasi bilan yakunlangan.

Jangning 12-raundiga kelib, WBA/IBF chempionlik kamarlarini to'rtinchi bor himoya qilayotgan Ahmadaliev raqibiga 147 ta aniq zarba bergan bo'lsa, Tapales o'zining 121 ta aniq zarbasi bilan javob qaytargan edi.

IBF chempionligi uchun davogar bo'lgan filippinlik Murodjonga qaraganda ko'proq va aniqroq jeb zarbalari yo'llagan - 53 ga 37 ta, ammo o'zbek bokschisining zarbalaridagi aniqlik va kuch sezilarli darajada bo'lgan - 110 ga 68!

Ahmadaliev hujum harakatlari samaradorligi bo'yicha ham raqibini ortda qoldirdi. Murodjon uchun aniq zarbalarning umumiy ulushi 24,2%, Tapales uchun esa - 17,2%. Zarbalar kuchi bo'yicha bu ko'rsatkich Axmadaliev uchun 41,7%, filippinlik uchun 25,7% ni tashkil etdi.

Raundlar bo'yicha alohida ko'rib chiqiladigan bo'lsa, Ahmadaliev 12 raunddan oltitasida, Tapales esa beshtasida raqibiga qaraganda aniqroq zarba berdi. Raundlarning birida aniq zarbalarda paritet kuzatilgan bo'lsa, shu bilan birga to'rt raundda ham raqiblar o'rtasidagi aniq zarbalar sonidagi farq 2-3 ta zarbani tashkil qildi. 

SHu raundlarning ikkitasida Ahmadaliev, qolgan ikkitasida esa Tapales zarbalarini biroz aniqroq amalga oshirdi", - deyiladi tashkilot xabarida.

Reyting: +2   

Fikrlar

   
12 apr 16:48:49
Ozod Achilov
Нима бўлганда ҳам ҳаммаси ортда қолди. Энди хеч нарса ўзгармайди. Муроджон ўз устида кўпроқ ишлаб 4та камарни ҳам ўзиники қила олади. Унда потенциал бор. Бир машхур дзюдочимиз айтган эди: Ўзбек спортчилари халқаро аренада рақибдан яққол устунлик қилмаса ғалабани беришмайди, хатто кичик устунлик ҳам ғалабани таминламайди деган эди. Бу гаплар исботини Муроджонни жанггида кўрдик.
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing