So’nggi yangiliklar

18:41Белбоғли кураш. Кучлилар Фарғонада аниқланди 0 18:10Майкл Моралес: "Махачевдаги камарни Эквадорга олиб кетаман" 0 17:39"Реал Мадрид" етакчиси билан янги шартнома имзолади 0 17:08"Хабиб фаолиятини якунлаётганида унга қўлимдан келган барча нарсани таклиф қилганман" - Дана Уайт 0 16:37Дана Уайт ташкил этмоқчи бўлган жангларни санаб берди 0 16:04Спорт курашлари бўйича Ўзбекистон чемпионати якунланди 0 15:33Афсонавий Роналдиньо профессионал футболга қайтиши сабабини ошкор қилди 0 15:02ММА жамоатчилигининг Харрисон - Нуньес жангига муносабати: "Тарихдаги энг ёмон режа" 0 14:31UFC 334 турнирининг бонус соҳиблари эълон қилинди 0 14:00Мераб Двалишвили "ишкалдаги дўсти" Саба Лазишвилига UFC томонидан шартнома таклиф этилганини айтди 0 13:29Банклар "Манчестер Сити"ни молиялаштиришдан бош тортмоқда 0 12:58Арман Царукян PFL ва Bellator жангчисига қарши баҳс олиб борди 0 12:27Zagreb Grand Prix 2026. Бугун Давлат Бобоновга мухлислик қиламиз! 0 11:56Чемпионлар камарини муваффақиятли ҳимоя қилган UFC 334 турнирининг барча натижалари 0 11:25Жезуш Португалиянинг Даниядан йирик ҳисобда мағлуб бўлиши сабабларини айтди 0

17 mar 14:42
Yangiliklar

SHaxmat

Mirabror Usmonov xotirasiga bag'ishlangan shaxmat turniri bo'lib o'tdi + FOTOGALEREYA

Xalqaro SHaxmat akademiyasida "Yorug' kelajak" shaxmat musobaqasi o'tkazildi.

"Yorug' kelajak" turniri Mirabror Usmanov nomidagi xalqaro xayriya jamoat fondi va O'zbekiston shaxmat federaciyasi hamkorligida tashkil etildi. Mazkur jamg'arma aholining himoyaga muhtoj qatlamlarini ijtimoiy muhofaza qilish, jamiyatning etarlicha himoya qilinmagan va extiyojmand qatlamlarini maqsadli qo'llab-quvvatlash, ularga ixtisoslashtirilgan, yuqori texnologiyali tibbiy yordam ko'rsatadi.

Musobaqada 2007 yil va undan kichik yoshdagi nogironligi bo'lgan Respublikaning turli hududlaridan kelgan 70 nafarga yaqin shaxmatchi ishtirok etdi. Turnir Xalqaro shaxmat federaciyasi (FIDE) qoidalari asosida rapid yo'nalishida 9 turdan iborat shveycarcha tizimida o'tkazildi.


G'olib va sovrindorlar:

1. Turg'unboev Sardor (kar va zaif eshituvchi, Toshkent sh.)

2. Ahmadxanov Abbosxon (ko'zi ojiz va zaif ko'ruvchi, Namangan v.)

3. Safarov Azizbek (kar va zaif eshituvchi, Xorazm v.)


14 yoshgacha o'smirlar o'rtasida

1. Izentaeva Aynura (kar va zaif eshituvchi, Toshkent sh.)

2. Xudoyberdiev Aziz (ko'zi ojiz va zaif ko'ruvchi, Sirdaryo v.)

3. Azimjonov Abdurahmon

    

10 yoshgacha o'smirlar o'rtasida

1. Ravshanova Xadicha (Kar va zaif eshituvchi, Toshkent sh.) 

2. Sattorov Nuriddin (Kar va zaif eshituvchi, Toshkent sh.)

3. Jo'raev Akbar (Kar va zaif eshituvchi, Toshkent sh.)

Malumot uchun, Mirabror Usmanov nomidagi xalqaro xayriya jamoat fondi tomonidan musobaqada 1-o'rinni egallagan ishtirokchilarga monoblok, 2-o'rin egalariga televizor (43 dyum), 3-o'rinni egallagan sportchilarga esa planshetlar hamda O'zbekiston shaxmat federaciyasining diplom va medallari bilan taqdirlandilar. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing