05 dek 13:04
Yangiliklar
Boks/MMA
Mirazizbek Mirzaxalilov Osiyo chempionati medalini naqd qildi
Tailandning CHiangmay shahrida boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionatining oltinchi kungi bellashuvlari start oldi.
O'zbekistonlik bokschilardan birinchi bo'lib, 57 kg vazn toifasidagi Mirazizbek Mirzaxalilov ringga chiqdi. 29 yoshli charm-qo'lqop ustasiga chorak final doirasida Tojikiston vakili Xusravxon Rahimov raqiblik qildi.
Uch raundlik jang to'liq davom etib, unda Mirzaxalilov 5:0 hisobida ishonchli g'alabaga erishdi. Hamyurtimizning final yo'lidagi raqibi filippinlik Klark Bautista bo'ladi. Jang 8 dekabr kuni tashkil etiladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar