So’nggi yangiliklar

13:07Тошкентда Президент Олимпиадаси бошланмоқда 0 12:40Ислом бирдамлиги ўйинларида иштирок этган паралимпиячиларимиз Ватанга қайтишди 0 12:13"Олтин тўп" соҳиби майдонга қайтишга яқин 0 11:52Чимаев ва Гэрри кечаги UFC турниридан кейин юзага келган можарога изоҳ беришди 0 11:31Арман Царукян Илия Топурияни октагонга чорлади 0 11:10Белал Муҳаммадни мағлуб этган Йен Гарри Ислам Махачевга мактуб қолдирди 0 10:49Виталий Левченко Ўзбекистон чемпиони бўлган тўққизинчи хорижлик мураббий! 0 10:28Қатардаги UFC турнири бонус соҳиблари маълум 0 10:07Пойтахтимиз бокс бўйича йирик халқаро йиғинга мезбонлик қилмоқда (ВИДЕО) 0 09:46Падель тенниси 2026 йилги Осиё ўйинлари дастурига киритилди 0 09:25Максим Шацкихнинг янги жамоаси маълум 0 09:04Жек Делла Маддалена Ислам Махачевнинг буюклигини тан олди 0 08:43Райан Гарсия Шаҳрам Ғиёсовнинг вазнида WBC камари учун жанг қилади 0 08:22Мария Тимофеева Люксембург турнирида финал чиптаси учун кортга чиқди 0 08:01"Ньюкасл" ўз уйида "Ман Сити"ни таслим этди, Ҳусанов захирада қолдирилди 0

26 may 07:44
Yangiliklar

Futbol

Mirjalol Qosimov: "Futbolchilar umuman mukofot pullarini olishgani yo'q"

Superliganing 13-tur doirasidagi "Paxtakor" - "Bunyodkor" (1:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida dastlab "qaldirg'ochlar" bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov ishtirok etdi.

- Jamoa men xohlagan o'yinni ikkinchi bo'limda namoyish etdi. Birinchi taymda esa o'yinimiz chiqmadi. Tanaffusdan keyin o'yinni kuchaytira oldik. Ammo natijani yaxshilay olmadik. Hali chempionat uzun. O'ylaymanki, ikkinchi bo'limdagi o'yinimizni qolgan bahslarda davom ettiramiz.

Futbolchilarga bugun stadionga ko'plab muxlislar kelishini takidlab, futboldan rohatlanib o'ynashni uqtirgandim. Nega birinchi bo'limda kam o'rnimdan turdim? Kayfiyatim yo'q edi? Yo'q, shunchaki og'iz ochishni kutib turgandim. SHu boisdan ham o'yin davomida meni turishga majbur qilmaslikni futbolchilardan so'ragandim. Ammo baribir keyinchalik o'rnimdan turishga majbur bo'ldim. Lekin buni bugungi o'yinga umuman aloqasi yo'q. To'g'ri, jamoadagi futbolchilar orasida ruzadorlar bor. Nafaqat futbolchilar, balki murabbiy va klub xodimlari ham barcha qatori ro'zador.

Mukofot pullari? Jamoamizda mukofot pullari bekor qilingani haqidagi xabar qaerdan paydo bo'lganini bilmayman. Ammo, futbolchilar hali umuman mukofot pullarini olishgani yo'q. Mayli, sabr qilamiz. Sabrning tagi rohat.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing