So’nggi yangiliklar

10:23Осиё ўйинлари-2026. Якуний медаллар рейтинги маълум бўлди (ТОП-20) 0 09:58Самбо. Жаҳон чемпионатининг иккинчи кунида 5 та медаль! 0 09:05Ўзбекистон миллий терма жамоаси Жанубий Кореяга етиб борди 0 17:43Осиё ўйинларининг ўн тўртинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 17:15Энтони Жошуа Фьюридан кейин ким билан жанг қилмоқчи эканлигини айтди 0 16:55Осиё ўйинларининг 14-кунини бешта медаль билан якунладик 0 16:24Ўзбекистондаги футбол мавсумини "куз-баҳор" форматига ўтказиш имкониятлари кўриб чиқилмоқда 0 14:39ESPN талқинига кўра 30 ёшгача бўлган энг яхши ММА жангчилари рейтинги эълон қилинди 0 11:28Самбо. Жаҳон чемпионатини иккита олтин медаль билан бошладик 0 20:05Расман: Отабек Шукуров Сербия клубига ўтди 0 19:47Осиё ўйинларининг сўнгги медалларга бой ўтадиган кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум 0 18:50Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 18:22Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Туркияга имкониятни бой берди 0 17:30Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида спортчиларимиз 9 та медаль қўлга киритишди: шулардан 4 таси олтин! 0 21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0

21 sen 14:41
Yangiliklar

Futbol

Mirjalol Qosimov O'zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi

Xabaringiz bor, O'zbekiston olimpiya terma jamoasi oldiga 2020 yilda Tokioda bo'lib o'tadigan Olimpiadaga yo'llanma olish vazifasi qo'yilgan bo'lib, bu yuksak masuliyatli vazifani amalga oshirish uchun murabbiylar shtabidan etuk mahorat va katta tajriba talab etiladi.

Ana shuni inobatga olgan holda, O'zbekiston futbol associaciyasi 1-vice-prezidenti Umid  Ahmadjonov tomonidan Olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyligiga bir qator nomzodlar ko'rib chiqildi.

Yakunda O'zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyligiga o'zbek futboli afsonasi, ayni paytda “Bunyodkor” klubini boshqarayotgan Mirjalol Qosimov nomzodida to'xtalindi.

Umid Ahmadjonov Mirjalol Qosimov bilan bu mavzuda shaxsan suhbatlashib, O'zbekiston Olimpiya terma jamoasi oldida jiddiy va masuliyatli vazifa turganligi, O'zbekistondagi barcha futbol muxlislari terma jamoamizni Olimpiadada ko'rishni intiqib kutayotganini, ularning ishonchini oqlash uchun barcha kuch va mahoratni sarflash, tinimsiz mehnat qilish zarurligini takidlab o'tdi.  SHuningdek, Olimpiya terma jamoasiga futbolchilarni saralab olishda xolis bo'lish, faqat eng munosiblarini tanlab olish kerakligi borasida ham so'z yuritildi.

O'z o'rnida Mirjalol Qosimov ham zimmasiga yuklanayotgan vazifaning masuliyatini to'liq his qilayotganini takidlab, O'zbekiston olimpiya terma jamoasini Tokio-2020 ga olib borish uchun qo'lidan kelgan barcha ishni amlaga oshirishga vada berib o'tdi.

Mirjalol Qosimov endilikda Olimpiya terma jamoasi tarkibini shakllantirish ishlarini olib boradi. SHuningdek, terma jamoaga nomzod futbolchilarni saralab borish, ularni yaxlit bir jamoaga aylantirish, raqobatbardosh, kuchli jamoa yaratish ishlari bilan shug'ullanadi. O'z o'rnida O'zbekiston futbol associaciyasi tomonidan Olimpiya terma jamoasi uchun zarur barcha shart-sharoitlar yaratilib, turli yig'inlar va kuchli terma jamoalar bilan o'rtoqlik o'yinlari tashkil qilib boriladi.

Terma jamoamizni Olimpiada o'yinlarida ko'rish xalqimizning, muxlislarimizning azaliy orzusi hisoblanadi. Umid qilib qolamizki, Mirjalol Qosimov boshchiligidagi futbolchilarimiz ana shu azaliy orzuni amalga oshirib, O'zbekiston olimpiya terma jamoasi 2020 yildaTokioda bo'lib o'tadigan Olimpiadada ishtirok etadi.

Reyting: +1   

Fikrlar

   
21 sen 17:56:21
Draik
Энг тугри карор! Коил УФА! Миржалол Акага омад!!!
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing