So’nggi yangiliklar

16:55Осиё ўйинларининг 14-кунини бешта медаль билан якунладик 0 16:24Ўзбекистондаги футбол мавсумини "куз-баҳор" форматига ўтказиш имкониятлари кўриб чиқилмоқда 0 14:39ESPN талқинига кўра 30 ёшгача бўлган энг яхши ММА жангчилари рейтинги эълон қилинди 0 11:28Самбо. Жаҳон чемпионатини иккита олтин медаль билан бошладик 0 20:05Расман: Отабек Шукуров Сербия клубига ўтди 0 19:47Осиё ўйинларининг сўнгги медалларга бой ўтадиган кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум 0 18:50Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 18:22Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Туркияга имкониятни бой берди 0 17:30Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида спортчиларимиз 9 та медаль қўлга киритишди: шулардан 4 таси олтин! 0 21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0 21:00Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон Сурияни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:45Осиё ўйинларининг ўн иккинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 19:08Эртага Осиё ўйинларида боксчиларимизни учта финал кутмоқда (бошланиш вақтлари) 0 18:52Леау Роналдуга тегишли бўлган 7-рақам остида қайдномага киритилди 0 17:00Сауль Альварес октябрь ойида WBC чемпионлик камари учун жанг қилади 0

06 sen 13:43
Yangiliklar

Futbol

Mirjalol Qosimov va Rano SHodieva ishtirok etgan hamda 76 500 000 so'm to'plangan turnirning taqdirlash marosimidan FOTOGALEREYA

Xabar berganimizdek, poytaxtimizdagi “O'zbekiston” sport majmuida imkoniyati cheklangan bolalarni qo'llab-quvvatlash va ularga xayriya yordami ko'rsatish maqsadida mini-futbol bo'yicha xalqaro turnir o'tkazildi.

O'zbekiston Respublikasi sug'urta kompaniyalarining ijtimoiy faolligini namoyon qilish maqsadida respublika Yoshlar ittifoqi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Madaniyat vazirligi, Milliy olimpiya qo'mitasi va “GROSS INSURANCE” masuliyati cheklangan jamiyati ko'magida tashkil etilgan mini-futbol bo'yicha IV Xalqaro xayriya turnirida O'zbekiston Respublikasi sug'urta kompaniyasi vakillaridan iborat jamoalar, sheriklar hamda yaqin va uzoq xorijiy mamlakatlardan kelgan futbolchilar ishtirok etdi.

Finalda “Orient finans bank” va “APEX” jamoalari maydonga tushishdi. Qizg'in va murosasiz kechgan o'yinda “OFB” 4:2 hisobida raqibidan ustun keldi hamda turnirning mutloq g'olibiga aylandi.

Mahalliy va Xalqaro sug'urta kompaniyalari o'rtasidagi sherikchilik munosabatlarini mustahkamlashda, aholi o'rtasida futbolni ommalashtirishda hamda sog'lom turmush tarzini targ'ib qilishda alohida ahamiyat kasb eta olgan mazkur turnir davomida 76 500 000 so'm to'plandi.  

Ushbu xayriya turniridan kelib tushgan mablag' O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi huzuridagi “Imkoniyati cheklangan yoshlar va bolalar markazi”ga yo'naltiriladi va yurak xastaligiga chalingan bolalarni davolashda foydalaniladi.

Turnirning g'olib va sovrindorlari tashkilotchilar tomonidan tasis etilgan medal, diplom va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandi. SHuningdek, turli nominaciyada g'olib, deb topilgan ishtirokchilar ham sovg'alarsiz qolmadi.

Xalqaro hayriya turniri el sevgan sanatkorlarning chiqishlari bilan yakun topdi.

Suratlar muallifi - Alimurod Mamadaminov 

Reyting:    

Fikrlar

   
06 sen 14:44:24
RJS
RJS foydalanuvchining fikriga javob berish
OFB jamoasining jamoa sardorini boshqa komandada ham ko'rgandayman. Yaqin yillarda OBOD futbol jamoasida to'p tepgan, shu paytlarda bitta korxonaning futbol jamoasida ham
davomi: shu paytlarda bitta korxonaning ichki futbol chempionatida ham ishtirok etish uchun bir korxonaning "ishchisi" tarzida ro'yhatdan o'tgan edi.
   
06 sen 14:42:42
RJS
OFB jamoasining jamoa sardorini boshqa komandada ham ko'rgandayman. Yaqin yillarda OBOD futbol jamoasida to'p tepgan, shu paytlarda bitta korxonaning futbol jamoasida ham
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing