19 may 10:37
        Yangiliklar	
	
				
				    Boshqalar			    
				 
				
			 
				Mirzo Ulug'bek tumanida "Harbiy-sport o'yinlari" bellashuvi (FOTOGALEREYA)
Poytaxtimizdagi 308-maktabda Mirzo Ulug'bek tumanidagi 10 ga yaqin maktab o'quvchilari ishtirokida “Harbiy-sport o'yinlari” bo'lib o'tdi.
			Maktab o'quvchilari safda turish, safda yurish, safda qo'shiq aytish, Kalashnikov avtomatini qismlarga ajratish va yig'ish, estafeta bo'lib yugurish, granata uloqtirish kabi musobaqalarda bellashdilar.
Musobaqa yakuniga ko'ra, 221-maktab jamoasi 1-o'ringa loyiq deb topildi. Keyingi o'rinlar 223- hamda 308-maktab o'quvchilariga nasib etdi.
G'olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan tasis etilgan, diplom, medal hamda qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandi.
Bahslardan olingan suratlarni tomosha qiling.
Muallif: Alimurod Mamadaminov




























            Havola            :         
                    Manba                : olamsport.com
             
			
Fikrlar