So’nggi yangiliklar

12:53“Барселона”да низо: юлдуз футболчи раҳбарият билан муаммоларга дуч келди 0 12:24Фигурали учувчилар Камила Валиева ҳамда Александра Трусовага мусобақаларда иштирок этишга рухсат берилди 0 11:49Хабиб Нурмагомедов ўзининг спортдаги икки қаҳрамонини айтди 0 11:13Шавкат Раҳмонов учун яна бир катта йўқотиш — унинг отаси вафот этди 0 10:47Инфантинонинг жазмани УЕФАдан кетганидан сўнг қанча товон пули олгани маълум 0 10:19Ислам Махачев: "Мен дунёдаги энг яхши жангчиман ва буни Филадельфияда исботлайман" 0 09:44Хабиб телефонда камроқ вақт ўтказишни маслаҳат беряпти 0 09:18Пётр Ян - Мераб Двалишвили трилогияси Абу-Дабида ўтказилади 0 08:53ЖЧ-2026да Мессига суиқасд тайёрланган 0 08:07Оғир атлетикачиларимиз қитъа биринчилигида яна бир бронза медалига эга чиқишди 0 18:53"Бу уларга таъсир қиларди". Хабиб жанг пайтида рақиблари билан тез-тез гаплашиб турганини тушунтирди 0 18:10"Ҳазиллашмаяпман". Стрикленд Трамп ва Гитлер ўртасида ўхшашликни кўрсатди 0 17:35"Реал" ёзда Александр-Арнольдни сотиш ниятида эмас 0 16:59Хабиб нима учун Макгрегорни ҳеч қачон ҳақорат қилмаганини тушунтирди 0 16:14Икки вазнда собиқ UFC чемпиони промоушендаги ҳакамликни танқид қилди 0

09 iyu 15:27
Yangiliklar

Qishki sport turlari, Qiziqarli!

Mixail SHaydorov: Qozog'istonda muhokamalar markaziga aylangan tarixiy Olimpiada chempioni (Mutolaa uchun)

U Qozog'iston tarixida figurali uchish bo'yicha ilk Olimpiya oltin medalini mamlakatga taqdim etdi.

Mixail Milan-Kortina-2026 Olimpiadasida dunyoning eng kuchli figurali uchuvchilaridan biri Ilya Malininni ortda qoldirdi. Butun dunyo unga olqishlar yog'dirdi. Biroq vataniga qaytgach, uning ishtirokidagi ko'rgazmali chiqishlar bekor qilindi, maosh to'lanishi to'xtatildi va sportchiga oid moliyaviy malumotlar ommadan oshkor etildi. 

«Meni haqiqatni aytganim uchun jazolashmoqchi», — deydi 22 yoshli chempion.

Bolalikdan Olimpiya cho'qqisigacha

2004 yil 25 iyunda Olmaota shahrida tug'ilgan Mixail SHaydorovni figurali uchish sportiga otasi — Qozog'istonning ko'p karra chempioni Stanislav SHaydorov olib kelgan. Ilk mashg'ulotlarini «Ramstor» savdo markazidagi muz maydonida boshlagan.

Sportchining aytishicha, dastlab unga bu sport turi yoqmagan va bir muddat sport gimnastikasi bilan shug'ullangan. Keyinchalik yana muz ustiga qaytib, figurali uchishni tanlagan. Gimnastika esa unga yuqori darajadagi koordinaciya va egiluvchanlikni taqdim etgan.

14 yoshida SHaydorov o'z rivojlanishi uchun Olmaotada sharoitlar etarli emasligini tushunib etdi. Otasi Olimpiya chempioni Aleksey Urmanov bilan bog'landi va Mixail Rossiyaning Sochi shahriga ko'chib o'tdi. SHundan beri u shu erda mashg'ulot o'tkazib keladi, biroq xalqaro maydonlarda Qozog'iston sharafini himoya qilib keladi.

U Olimpiada oltiniga qadar ham qator yirik yutuqlarga erishgan: jahon chempionati kumush medali, To'rt qita chempionati g'olibligi, Osiyo o'yinlari bronzasi va Qozog'istonning besh karra chempioni unvonlari shular jumlasidandir.

Milan Olimpiadasidagi tarixiy g'alaba

2026 yil fevral oyida Milan shahrida bo'lib o'tgan Qishki Olimpiya o'yinlarida erkaklar o'rtasidagi yakkalik bahslari katta sensaciya bilan yakunlandi. Asosiy favorit amerikalik Ilya Malinin hisoblangan bo'lsa-da, qisqa dasturdan keyin beshinchi o'rinda turgan SHaydorov erkin dasturda ajoyib chiqish qildi.

To'rtta murakkab sakrashni muvaffaqiyatli bajargan qozog'istonlik sportchi 291,58 ball to'plab, Olimpiada chempioniga aylandi. Bu Qozog'iston tarixida figurali uchish bo'yicha qo'lga kiritilgan ilk Olimpiya oltini bo'ldi.

Muvaffaqiyatdan so'ng Qozog'iston prezidenti Qosim-Jomart Toqaev Mixailni II darajali «Baris» ordeni bilan taqdirladi.

Bekor qilingan shou va paydo bo'lgan savollar

Olimpiadadan qaytgach, Mixail SHaydorov va Sofya Samodelkina ishtirokida Olmaotada katta ko'rgazmali shou o'tkazilishi rejalashtirilgan edi. Biroq tadbir kutilmaganda bekor qilindi.

Tashkilotchilar bu qarorni sportchilarning tiklanish jarayoni va yangi musobaqalarga tayyorgarligi bilan izohladi. Ammo muxlislar orasida bu voqea turli taxminlar va bahslarga sabab bo'ldi.

Maosh bilan bog'liq mojaro

May oyida Mixail SHaydorov YouTube orqali bergan intervyusida besh oydan buyon maosh olmayotganini malum qildi.

«Olimpiadadagi g'alabamdan keyin maosh olmayapman. Bu men uchun tushunarsiz holat. Yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rishim kerak, ammo qanday tayyorgarlik ko'rishimni bilmayapman», — dedi sportchi.

Uning takidlashicha, 1 fevraldan boshlab tibbiy nazorat ham to'xtatilgan. SHaydorov bu holatni o'zining ochiq tanqidiy fikrlari bilan bog'lamoqda.

Sportchi ayniqsa Turizm va sport vazirligi tomonidan uning tayyorgarligi uchun ajratilgan mablag'lar va maosh haqidagi malumotlarning ommaga elon qilinganidan norozi bo'lgan. Uning fikricha, bu qadam oilasi va murabbiylarining mehnatini kamsitishga urinish bo'lgan.

Vazirlikning munosabati

Qozog'iston Turizm va sport vazirligi huzuridagi Sportni rivojlantirish direkciyasi maosh to'lovlari haqiqatan ham fevraldan keyin to'xtatilganini tasdiqladi. Biroq buni yangi Olimpiya cikli boshlanishi munosabati bilan yangi mehnat shartnomasi tayyorlanayotgani bilan izohladi.

Malum qilinishicha, yangi shartnoma sportchining yuqori maqomini hisobga olgan holda yanada yaxshi moliyalashtirish shartlarini nazarda tutadi.

SHuningdek, davlat tomonidan SHaydorovga:

  • Olimpiada oltini uchun 250 ming dollar;

  • Olmaota shahridan uch xonali kvartira;

  • umrbod davlat to'lovlari ajratilgani takidlangan.

Vazirlik maoshning kechikishini barcha sportchilar uchun qo'llanadigan oddiy mamuriy jarayon sifatida baholagan.

Mojaroning mohiyati

SHaydorov tomoni uning daromadlari faqat o'ziga nisbatan oshkor etilgani, maoshning uzoq vaqtdan beri to'lanmayotgani va tayyorgarlik jarayoni xavf ostida qolayotganini takidlamoqda. Vazirlik esa bu holatni huquqiy va tashkiliy masalalar bilan izohlamoqda.

Mazkur voqea Qozog'iston jamoatchiligida keng muhokamalarga sabab bo'ldi. Ayrimlar sportchini qo'llab-quvvatlayotgan bo'lsa, boshqalar davlat idoralarining poziciyasini to'g'ri deb hisoblamoqda.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing