So’nggi yangiliklar

17:30WBO рейтинги. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 17:09Исроил Мадримовнинг жанги қолдирилди 0 16:43Муҳаммад Наимов UFC ростеридан чиқарилди 0 16:05Роналду “Ал Насср”нинг “Нефтчи” устидан қозонган ғалабаси ҳақида: “Ўсишда давом этамиз” 0 15:29IBF рейтингидан тўрт нафар ўзбекистонлик боксчи ўрин олди 0 14:45Баҳодир Жалоловнинг Лондондаги жанги жонли эфирда кўрсатиладими? 0 14:19Ислам Махачевнинг кейинги рақиби ва жанг санаси ҳақида маълумотлар тарқалди 0 13:44Sofascore. Кечаги учрашувда "Пахтакор" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 13:13Евлоев Волкановскини "стойка"да синаб кўрмоқчи 0 12:42Зверев мавсумни расман дунёнинг биринчи ракеткаси мақомида якунлайди 0 12:11Пётр Ян ўта енгил вазндаги жангига 12 кун қолгандаги спорт формасини кўрсатди (ФОТО) 0 11:40Брендан Рожерс: "Спортда битта жамоа фаворит бўлиши мумкин, лекин бу ҳар доим ҳам натижани кафолатламайди" 0 11:09WTA рейтинги янгиланди. Етти теннис маликамиздан олти нафари кўтарилди 0 10:38UFC собиқ чемпиони Пенья RAF лигасида дебют қилади + ПОСТЕР 0 10:07Майкл Пейж: "Мен ўзимдан кишанларни ечиб ташладим" 0

24 avg 09:02
Yangiliklar

Osiyo o'yinlari

Mo'minjon Abdullaev: "Ushbu g'alabamni Mustaqillik bayramimizga bag'ishlayman"

Xabaringiz bor, yunon-rum kurashchimiz Mo'minjon Abdullaev Osiyo o'yinlarida barcha raqiblarini mag'lubiyatga uchratib, oltin medalni qo'lga kiritdi.

Biz ushbu muvaffaqiyatdan so'ng sportchining fikrlari bilan qiziqdik.

"Finalda jang qilgan qozog'istonlik raqibim juda kuchli sportchi edi. U ikki karra Osiyo o'yinlari g'olibi hisoblanadi, shuningdek, ikki karra jahon chempionatida ham sovrindorlar qatoridan o'rin olishga muvaffaq bo'lgan. Unga qarshi jiddiy tayyorgarlik bilan gilamga chiqdim. Mana, nasib qilgan ekan uni mag'lubiyatga uchrata oldim. Yarim finalda esa eronlik polvondan ustun keldim. U ham kuchli sportchi edi.

Ushbu muvaffaqiyatga erishganimdan judayam xursandman. Meni qo'llab-quvvatlagan barchaga, vatandoshlarimizga, ota-onam, oila azolarimga, barcha-barchaga rahmat aytmoqchiman.

Mustaqillik bayrami yaqinlashib kelmoqda. Qo'lga kiritgan oltin medalimni aynan ushbu bayramimizga bag'ishlayman. Barchaga rahmat", - dedi Mo'minjon Abdullaev.

Eslatib o'tamiz, Abdullaev yunon-rum kurashining -130 kg vazn toifasida musobaqada ishtirok etdi. U musobaqa davomida Janubiy Koreya, Tojikiston va Erondan tashrif buyurgan polvonlarni mag'lub etib, finalgacha etib bordi. Hal qiluvchi bahsda esa qozog'istonlik Nurmakan Tinalievdan 8:0 hisobida ustun keldi va shohsupaning eng yuqori pog'onasidan o'rin egalladi.



Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing