29 iyu 13:05
Yangiliklar
Futbol

"Monako" "Real" hujumchisini sotib olmoqchi
Madridning "Real" klubi hujumchisi Mariano Dias Franciya chempionatida ko'rinish berishi mumkin.
O'yinchiga "Monako" klubi qiziqish bildirmoqda. Klub futbolchiga "Galatasaroy"ga o'tish ketishi mumkin bo'lgan Radamel Falkaoning o'rniga o'rinbosar sifatida qaramoqda.
Diasning "qaymoqranglilar" bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2023 yilda o'z nihoyasiga etadi.
Transfermarkt futbolchini 20 million evro baholamoqda. Dias yakunlangan mavsum "Real" tarkibida 22 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urishga erishdi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar