10 may 08:21
Yangiliklar

"Monako"ning ertagi tugadi, "Yuventus" finalda!
Uchrashuvning 33-daqiqasida Mario Manjukich hisobni ochdi - 1:0. 44-daqiqada Dani Alves uzoq masofadan kuchli zarba bilan hisobni yiriklashtirdi - 2:0.
69-daqiqada Kilian Mbappe Buffon qo'riqlayotgan darvozani ishg'ol qilishga erishdi - 2:1. "Yuventus" umumiy 4:1 hisobida g'alaba qozonib, Evropa chempionlar ligasi finaliga yo'llanmani qo'lga kiritdi.
Ikkinchi finalchi nomi bugun "Real" va "Atletiko" jamolari o'rtasidagi o'yindan so'ng malum bo'ladi. Ilk uchrashuvda "Real" 3:0 hisobida zafar quchgan edi.
"Yuventus" - "Monako" 2:1
Gollar: 1:0 – 33 Manjukich, 2:0 – 44 Dani Alves, 2:1 – 69 Mbappe.
Yuventus – Buffon, Bonuchchi, Kellini, Aleks Sandro, Bardzali (Benatiya, 85), Pyanich, Xedira (Markizio, 10), Dani Alves, Mandjukich, Dibala (Kuadrado, 54), Iguain.
Monako – Subashich, Jemerson, Glik, Sidibe, Mendi (Fabino, 55), Bernardu Silva (Lemar, 69), Moutinyu, Mbappe, Bakayoko (Jermen, 78), Radji, Falkao.
Ogohlantirishlar: Falkao (40), Mendi (51), Bonuchchi (74).
Fikrlar