03 dek 08:25
Yangiliklar
Boks/MMA, Boshqalar
Montano eng engil vaznda birinchi UFC chempioniga aylandi
Bizning vaqt bilan bugun tong saharda AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida aralash qoidalar bo'yicha The Ultimate Fighter oqshomi bo'lib o'tdi.
Kechaning markaziy jangida Nikko Montano va Roksanna Modafferi oktagonga ko'tarilishdi. Ushbu jangda ayollar o'rtasida eng engil vazn toifasida birinchi UFC chempioni aniqlandi.
Besh raund davom etgan jangda Montano parter va “stoyka”
holatlarida tashabbusga ega bo'ldi. Yakunda ham hakamlar bir ovozdan 50-45, 49-46,
49-46 hisobida g'alabani Nikkoga taqdim etishdi. Bu bilan Montano superengil
vaznda ilk UFC chempioniga aylandi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar