11 apr 10:30
Yangiliklar
Tennis

Monte-Carlo Masters. Daniil Medvedevni mag'lub etishdi
Tennis bo'yicha Monte-Karlo "Masters" turnirida 1/4 final ishtirokchilari malum bo'ldi.
Dunyoning 11-raketkasi Daniil Medvedev uchinchi davrada mag'lubiyatga uchradi. Rossiyalik tennischi reytingda o'zidan bir pog'ona yuqorida borayotgan avstraliyalik Aleks de Minaurga deyarli qarshiliksiz yutqazib qo'ydi - 2/6, 2/6.
Etmish uch daqiqa davom etgan bahsda ikkala tennischi 3 tadan eys zarbasini amalga oshirib, 3 tadan qo'shxatoga yo'l qo'ydi. Medvedev 3, De Minaur 7 ta breyk-poyntdan foydalandi. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida hamon Medvedev oldinda bormoqda - 7:4.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar