22 apr 14:23
Yangiliklar
Futbol

Montella: "Barsa"da o'zga sayyoraliklar o'ynaydi"
"Sevilya" bosh murabbiyi Vinchenco Montella jamoasining "Barselona"dan mag'lubiyati xususida gapirdi.
"Barselona" bizdan har jabhada ustun bo'la oldi. Ularda finalda o'ynash borasida katta tajriba bor. Bu klubda o'zga sayyorliklar o'ynaydi. Inesta 25 yoshli futbolchi kabi dahshatli o'yin namoyish etdi.
Biz raqibdan ancha past darajada edik. O'yinni o'zgartirishga urindik, birinchi goldan keyin vaziyatlar bo'lgandi. Biroq baribir "Barselona" o'yinni nazorat qildi. Muxlislardan uzr so'rayman", - dedi Montella.
Havola :
Fikrlar