So’nggi yangiliklar

18:26ЕЧЛнинг олти карра ғолиби Тошкентга келмади 0 17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0

05 sen 08:08
Yangiliklar

Boshqalar

MOQ bodibildingchilarni 5 000 AQSH dollari bilan rag'batlantiradi

O'zbekiston milliy olimpiya qo'mitasida yurtimiz dovrug'ini yuksaklarga ko'tarayotgan bir qator bodibildingchilarimiz mehmon bo'lishdi.

Ular bilan MOQ Prezidenti Umid Ahmadjonov va Bosh kotib Jasur Matchanovlar uchrashishdi. Uchrashuvda ikki karra jahon chempioni, «Arnold Klassik-2018» musobaqasi g'olibi Mixail Volinkin, jahon chempioni, Evropa chempionatida mutloq g'oliblikka erishgan Aleksandr Saxarov, ayollar o'rtasida jahon chempionligini qo'lga kiritgan Bogatir Lyudmilalar ishtirok etishdi.

«Siz bizning fahrimizsiz», – deb so'z boshladi MOQ rahbari. «Milliy olimpiya qo'mitasi sizlarni qo'llab-quvvatlashga doimo tayyor. Musobaqalar sonini ko'paytirib, bodibildingni yanada rivojlantiramiz. Yurtimiz bayrog'ini ko'klarga ko'tarayotganingiz uchun sizlarga minnatdorchilik bildiramiz», – dedi Umid Ahmadjonov.

O'z navbatida sportchilar ko'rsatilayotgan etibordan mamnun ekanligini, bildirilayotgan ishonchni oqlashlarini malum qilishdi.

Uchrashuv yakunida Umid Ahmadjonov sportchilarga esdalik sovg'alarini topshirdi. So'ngra ularni qo'llab-quvvatlash maqsadida har bir sportchi uchun 5 000 AQSH dollari miqdoridagi pul mukofoti taqdim etilishini aytib o'tdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing