So’nggi yangiliklar

19:19Рамазон Темиров UFC'даги кейинги жанги учун Таиландда тайёргарлик кўрмоқда (ФОТО) 0 18:40Оғир атлетикачиларимиз Ҳиндистондаги Осиё чемпионатида қатнашади 0 18:16Нурсултон Рўзибоев иштирокидаги UFC Боку турнири учун қизиқарли жанглар эълон қилинди 0 17:49Мессининг собиқ клуби банкротлик ёқасида 0 17:28Тошкентда ўтадиган Octagon 87 турнири асосий кардининг бир нечта жанглари тасдиқланди + ПОСТЕР 0 17:07Хабиб бир йил аввал Чимаевнинг Стрикленд билан жангдаги хатосини айтган эди 0 16:46Mangu 3 турнирининг қизиқарли жангларидан бири эълон қилинди + ПОСТЕР 0 16:25"Манчестер Сити" Винисиусга даъвогарлик қилмоқда 0 16:04Шон Стрикленд кейинги рақиби ким бўлишини айтди 0 15:43Стрикленд — Чимаев билан треш-ток ҳақида: "Буни сизлар учун қилгандим, йигитлар" 0 15:22Британияда Жалолов — Итаума жангининг эҳтимолий санаси айтилди 0 15:01"Ливерпуль" "Реал"дан Хаби Алонсо ҳақида маълумот сўради 0 14:40"Тошкент, тайёрлан!". Жукембаев Эргашевга қарши жанг олдидан баёнот берди 0 14:19Хоразмда самбочилар хотира турнирида беллашди 0 13:58Дрикус дю Плесси Чимаев мағлубиятидан сўнг: "Менимча, яна чемпион бўламан" 0

16 may 09:34
Yangiliklar

Boshqalar

MOQ Prezidenti va O'FA birinchi vice-prezidenti Umid Ahmadjonov 41 yoshni qarshi oldi

Bugun O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi Prezidenti va O'zbekiston futbol associaciyasi 1-vice-prezidenti Umid Ahmadjonov 41 yoshni qarshi oldi.

Umid Ahmadjonov 2017 yilning 12 sentyabrida o'tkazilgan O'zbekiston Futbol Federaciyasining navbatdagi hisobot-saylov konferenciyasida O'zbekiston Futbol Federaciyasining yangi prezidenti etib saylangandi.

2018 yilning 16 yanvar kuni esa O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi majlislar zalida o'tgan navbatdan tashqari hisobot-saylov bosh Assambleyasida Umid Ahmadjonov O'zbekiston milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti etib saylandi.

Umid Mahammadjonovich futbol federaciyasiga prezident etib saylangach, mamlakat futbolida tub o'zgarishlar, ijobiy islohotlar boshlandi. Birinchi navbatda O'zbekistonda bolalar futbolini rivojlantirish, bu borada futboli rivojlangan mamlakatlardagi kabi tizimni yaratish masalasiga alohida ahamiyat qaratildi. Xorijdan kuchli mutaxassislar yurtimizga jalb qilinib, hududlarda bolalar futbolini rivojlantirish bo'yicha ish boshlandi. SHuningdek, milliy chempionatimiz saviyasini oshirish, muxlislarni stadionlarga jalb qilish borasida ham qisqa vaqt ichida ko'plab chora-tadbirlar amalga oshirildi. Bu islohotlar natijasida milliy chempionatimiz formati o'zgartirilib, Superliga va Pro-liga tashkil qilindi. Muxlislar yana stadionlarga qaytishni boshladi. Eng muhimi maydonda yana haqiqiy kurash, sport tamoyillari asosidagi raqobat yuzaga keldi.

Bundan tashqari, Umid Ahmadjonov O'zbekistonning turli yoshdagi terma jamoalarining xalqaro maydonlardagi natijalarini yaxshilash borasida ham keng ko'lamli chora-tadbirlarni amalga oshirdi. Buning natijasida O'zbekistonning 23 yoshgacha bo'lgan terma jamoasi shu yil boshida Xitoyda bo'lib o'tgan Osiyo chempionatida g'alaba qozonib, ushbu yosh toifasida tarixda birinchi marta chempionlikka erishdi.

O'zbekiston milliy terma jamoasi uchun kuchli raqiblar bilan o'rtoqlik o'yinlari tashkil qilindi. Jumladan, tarixda ilk marotaba O'zbekiston milliy terma jamoasi uchun mundialga yo'llanma olgan Marokash, Senegal, Urugvay kabi terma jamoalar bilan Jahon chempionati oldidan o'rtoqlik o'yinlari tashkil qilindi va tashkil qilinmoqda.

Aynan mamlakat futbol tizimida olib borgan oqilona siyosati, qilgan islohotlari va erishgan yutuqlari Umid Ahmadjonovning Milliy olimpiya qo'mitasi Prezidenti etib saylanishiga turtki bo'ldi. Buning natijasida qisqa fursat mobaynida islohot va yangilanishlar endi butun respublika sportini qamrab oldi.

Umid Mahammadjonovichning eng katta yutuqlaridan yana biri Milliy olimpiya qo'mitasi va Jismoniy tarbiya va sport vazirligini yagona maqsad yo'lida birlashtira olgani bo'ldi. Bugungi kunda Milliy olimpiya qo'mitasi va O'zbekiston futbol associaciyasida jonkuyar, fidoiy, mehnatkash ahil jamoa jam bo'lgan bo'lib, ushbu jamoa katta maqsadlar sari olg'a bormoqda. Asosiy maqsad o'zbek sporti, xususan, o'zbek futbolini jahonda o'z o'rniga ega bo'lishini taminlash, xalqaro maydonlarda yurtimiz sharafini munosib himoya qilish, terma jamoalarimiz Jahon chempionatlari va Olimpiya o'yinlari kabi nufuzli musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etishini taminlash.

Eng muhimi muhtaram Prezidentimiz SHavkat Mirziyoevning yuksak ishonchlarini oqlash, katta g'alabalar va oliy natijalar bilan Prezidentimizni, xalqimizni xursand qilish. Bu yo'lda mamlakatimiz Olimpiya harakati ishtirokchilari va katta sport oilasi nomidan Umid Mahammadjonovichga mustahkam sog'liq, uzoq umr, oilaviy xotirjamlik, kuch-quvvat, boshlagan hayrli ishlarida omad va zafarlar tilaymiz!

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing