25 sen 08:38
Yangiliklar
Boshqalar, Zamonaviy beshkurash
MOQ rahbari zamonaviy beshkurash bo'yicha terma jamoa vakillarini qabul qildi
O'z oldiga katta maqsadlar qo'ygan zamonaviy beshkurash bo'yicha terma jamoamiz vakillari O'zbekiston milliy olimpiya qo'mitasida bo'lishdi.
Ushbu tashrifdan ko'zlangan maqsad Tokio Olimpiadasiga qo'lga kiritilishi mumkin bo'lgan yo'llanmalar, licenziya olish uchun qanday dasturli ishlar olib borilishi zarurligini muhokama qilib olish bo'ldi.
Tashrif davomida terma jamoa murabbiyi Evdokiya Grechishnikova, sportchilar Alisa Faxrutdinova hamda Aleksandr Savkin MOQ rahbariyati bilan noyabr oyida Tokio Olimpiadasiga yo'llanma beruvchi musobaqaga tayyorgarlik ko'rish bo'yicha suhbat o'tkazishdi. Sportchilarga zamonaviy beshkurash federaciyasi raisi Bahromjon Gaziev hamrohlik qildi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar