18 dek 15:50
Yangiliklar
Futbol

Mourino istefoga chiqarildi, jamoani vaqtinchalik boshqaradigan murabbiy nomi ham malum
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyu istefoga chiqarildi.
"Klub Jozega "Manchester Yunayted"dagi mehnati uchun minnatdorchilik bildirib, kelajakdagi faoliyatida omad tilaydi. Tez orada jamoani vaqtincha boshqaradigan murabbiy nomi elon qilinadi" - deyiladi "Manchester Yunayted" rasmiy bayonotida.
Mourinyuning MYUdagi so'nggi o'yini "Liverpul"ga qarshi bo'ldi. "Qizil iblislar" ushbu bahsda 1:3 hisobida mag'lub bo'lishdi.
Endi klub rasmiy sayti tez orada jamoani vaqtincha boshqaradigan murabbiy nomini elon qilishi kerak. Sky Sports nashri bergan malumotlarga ko'ra, joriy mavsum oxirigacha MYUni Maykl Kerrik boshqaradi. Yangi bosh murabbiy esa keyingi mavsumdan jamoani boshqarishi taxmin qilinmoqda.
Havola :
Fikrlar