07 dek 18:00
Yangiliklar
Futbol

Mourino ketadimi? MYU yangi murabbiy uchun 45 million evro to'lashga tayyor
"Manchester Yunayted" klubi hamon bosh murabbiy lavozimiga Maurisio Pochettinoni taklif qilishga qiziqmoqda.
"The Sun" nashrining xabar berishicha, "qizil iblislar" argentinalik mutaxassis uchun "Tottenxem"ga tovon puli sifatida 45 million evro to'lashga tayyor.
Agar MYU CHempionlar ligasiga yo'llanma olishni uddasidan chiqa olmasa, Mourinyu istefoga chiqarilganda nisbatan kamroq tovon to'laydi.
Pochettinoning o'zi esa "Tottenxem"ni tark etmoqchi emas.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar