27 dek 09:04
Yangiliklar
Futbol

Mourino ketgach Pogba 2 ta o'yinda 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma berdi
“Manchester Yunayted” klubi APL 19-turi doirasida “Haddersfild”ni 3:1 hisobida mag'lub etdi.
Uchrashuvda “Manchester Yunayted”ning franciyalik yarim himoyachisi Pol Pogba dublga erishdi. U o'tgan turda “Kardiff Siti”ga qarshi (5:1) bahsda 2 ta golli uzatma bergandi.
SHu tariqa Joze Mourino ketgach, Pogba 2 ta o'yinda “gol+pas” tizimida 4 ochko ishladi. Mourino vaqtida esa (joriy mavsum) 12 ta o'yinda “gol+pas” tizimida 4 ochkolik (1 ta gol, 3 ta golli pas) bo'lgandi.
Havola :
Fikrlar