21 iyu 07:50
Yangiliklar

Mourino Ronalduning transferiga qarshi chiqdi
Murabbiy rahbariyatga bu boradagi o'z fikrlarini bildirdi. Krishtianuning yoshining kattaligi, katta transfer summasi (250 million evro) va yuqori maoshi (yiliga 25 million evro) ushbu o'zarishni amalga oshmasligiga sabab qilib ko'rsatilmoqda.
Undan tashqari Mourino shunchaki Ronalduni jamoasida ko'rish niyatida emas. Bu murabbiy va futbolchining “Real”dagi birgalikdagi faoliyatlari yakunida bir birlari bilan yaxshi munosabatda xayrlashishmagani bilan ham bog'liq bo'lishi mumkin. SHuningdek, Ronalduning o'yinidagi pasayish ham murabbiyning futbolchining transferiga qarshilik qilishiga sabab bo'lishi ham mumkin.
Ammo shunga qarama “Manchester Yunayted” vice-prezidenti Ed Vudvord Ronalduning ortga qaytishiga qiziqmoqda. Mourino esa “Real”ning boshqa bir forvardi Alvaro Moratani o'z tarkibida ko'rmoqchi.
Eslatib o'tamiz, Ronaldu 14,7 millionlik soliq to'lamaganlikda ayblangani bois “Real”ni tark etishga qaror qilgan. Futbolchining fikricha, Madrid klubi ushbu vaziyatda uni himoya qilmagan.
Fikrlar