03 iyu 07:20
Yangiliklar
Futbol

Mourinoga "Norvich" himoyachisi kerak
"Norvich" himoyachisi Maks Aarons "Roma" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.
"Calciomercato" xabariga ko'ra, futbolchining o'yinlarini Joze Mourino diqqat bilan kuzatib borgan va uning xizmatlari orqali o'ng qanot himoyasini yaxshilamoqchi.
"Transfermarkt" portali futbolchini 20 mln evroga baholagan. U o'tgan mavsum CHempionshipda 45 o'yinda qatnashib, gol+pas tizimida 7 ochko jamg'ardi.
Uning xizmatlariga ancha vaqtdan buyon "Arsenal" tomonidan jiddiy qiziqishlar bo'lmoqda.
Havola :
Manba : Calciomercato
Fikrlar