11 dek 17:12
Yangiliklar

Mourinyu APLning noyabr oyidagi eng yaxshi murabbiyi bo'ldi
"SHporlar" 4 o'yinda 3ta g'alabaga erishishdi va bir bor durang o'ynashdi.
Portugaliyalik mutaxassis o'z instagram sahifasiga sovrin bilan olingan videorolikni joyladi.
"Bu erda "oy murabbiyi" deb yozilgan, ammo men uchun bu oy jamoasi yoki xodimlaridir, sababi gap o'yinchilar va men bilan birga bo'lgan murabbiylar, assistentlar, ilmiy ishchilar, tahlilchilar va bu erda bo'lmagan juda ham ko'p ishchilar haqida ketmoqda.
Rahmat, ammo bu "oy murabbiyi" emas, "oy jamoasi" va "oy xodimlari", - deb yozgan Mourinyu.
Mukofot uchun shuningdek Frenk Lempard "CHelsi", noyabrda 2 g'alaba i durang), Ole-Gunnar Sulsher ("Manchester Yunayted", 3 g'alaba va mag'lubiyat) va Devid Moyes ("Vest Xem", 3 g'alaba) davogarlik qilishgan edi.
Fikrlar