20 sen 09:29
Yangiliklar
Futbol
Mourinyu: “Endi shogirdlarimga raqib jarima maydoni ichida "masxaraboz" bo'lib, “sho'ng'ish”ni uqtiraman”
“Roma” ustozi Joze Mourinyu A Seriya 7-tur doirasida o'tgan “Atalanta” (0:1) bilan o'yindagi hakamlarning qarorlaridan norozi bo'ldi.
Uning fikricha, arbitr 1-taymda raqib darvozasiga penalti belgilashi shart edi.
“Yaqqol penalti bor edi. Keyin esa hakamdan 11 metrlik nuqtani nega belgilamaganini so'radim. Buning sababi esa Zaniolaning yiqilmagani bo'ldi.
SHuning uchun endi futbolchilarimga beradigan ko'rsatmalarimni o'zgartirishim kerak, ularga: “oyoqqa turishga urinmanglar, to'p bilan o'ynamanglar, mazkur ligada basseynga sho'ng'iydigan ayrim o'yinchilar kabi masxaraboz bo'linglar, chunki shundagina bizga penalti beriladi”, deb aytishim lozim”, deya izohlagan portugaliyalik mutaxassis.
Rimliklar chempionatda 13 ochko bilan 7-o'rinda bormoqda.
Havola :
Fikrlar