07 fev 09:55
Yangiliklar
Futbol
Mourinyu futbol tarixidagi eng zo'r uch futbolchi nomini aytdi
"Fenerbaxche" bosh murabbiyi Joze Mourinyu futbol tarixidagi eng zo'r futbolchilarni sanab berdi.
Eng qizig'i, ushbu ro'yxatdan sobiq shogirdi Krishtianu Ronaldu o'rin olmagan. Krishtianu va Mourinyu o'tgan dekadada "Real"da birgalikda faoliyat olib borgandi.
"Futbol tarixidagi eng zo'r uch futbolchi? Pele, Maradona va Messi", - deydi 62 yoshli mutaxassis.
Mourinyu ayni damda "Fenerbaxche"da faoliyat olib bormoqda. Bunga qadar u "Tottenxem", "Real", "Manchester Yunayted", "CHelsi", "Inter" va "Portu" kabi klublarda ham ishlagan.
Havola :
Fikrlar