14 dek 16:16
Yangiliklar
Futbol

Mourinyu jiddiy kasal bo'lgan "Tottenxem" muxlisiga yordam berish maqsadida maktub yozdi + FOTO
"Tottenxem" bosh murabbiyi Joze Mourinyu noyabr oyida sog'ligida jiddiy muammolarga duch kelayotgan klub muxlisi Jon Kesslerni qo'llab-quvvatladi.
"Twitter"da Jonning do'sti Fil Braun "Tottenxem" va Mourinyuga minnatdorchilik bildirgan xatni joylashtirdi.
"Qadrli Jon, oxirgi vaqtlarda o'zingizni yomon his qilayotganligingizdan afsusdaman.
Fursatdan foydalanib, klubning barcha xodimlari va futbolchilari nomidan tezroq sog'ayib ketishingizni tilayman. Umid qilamizki, ruhiyatingizni tushirmaysiz va biz siz bilan ekanligimizni bilishingizni xohlaymiz!
SHuningdek, klubni doimiy ravishda qo'llab-quvvatlayotganingiz uchun sizga katta rahmat. Hurmat bilan, Joze Mourinyu", - deb yozilgan maktubda.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar