10 okt 07:08
Yangiliklar
Futbol

Mozes O'runovning jamoadoshiga aylanadi. Bugun tibbiy ko'rik
"CHelsi" yarim himoyachisi Viktor Mozes faoliyatini "Spartak"da davom ettiradi.
Bu haqda Rossiyaning "CHempionat" nashri futbolchiga yaqin manbaga asoslanib xabar tarqatdi. Bugun 29 yoshli xavbek Moskva klubi uchun tibbiy ko'rikdan o'tadi. Bu jarayon Italiyaning "Villa Styuart" klinikasida o'tkaziladi. Ko'rik muvaffaqiyatli o'tsa, ijara shartnomasi rasmiylashtiriladi.
Bitimda keyinchalik sotib olish huquqi to'g'risidagi band ham bo'ladi. Mozes doimiy o'yin amaliyotiga ega bo'lish maqsadida "CHelsi"ni tark etmoqchi. Nigeriyalik futbolchi o'tgan mavsumni ijara asosida "Inter"da o'tkazgan edi.
Havola :
Fikrlar